02-12-2022 | 11:18
458
Beruniy tumanida obod manzillar ko'p. Tumanning qaysi hududiga borsangiz ham aholining o'z ishi bilan band ekanligining guvohi bo'lasiz. Ko'p millatli xalqimizning o'zaro ahil va inoq istiqomat qilayotgani esa yana bir bor barchani quvontiradi. Ozod ovul fuqarolar yig'ini hududida asosan turkman millatiga mansub aholi istiqomat qiladi. O'zlarining tarixiy va milliy an'analarini saqlab qolgan bu hudud aholisining tuman rivojida o'rni bo'lakcha. 6742 nafar aholi istiqomat qilayotgan hududda, mahalla jamoasi tomonidan bir qancha ishlar amalga oshirilgan.
Hududning drayver sohasi chorvachilik, dehqonchilik, qishloq xo'jaligi hisoblanib yerlari unumdor. Aholi tomorqadan foydalanishda ham o'z tajribasiga ega.
Hokim yordamchisi tomonidan hudud aholisining turmush sharoitini yanada yaxshilash maqsadida imtiyozli kreditlar asosida tikuv sexlari, qandolatchilik do'koni, issiqxona tashkil etish, parrandachilik va mayda shoxli chorva mollarini rivojlantirish bu orqali aholini kambag'allikdan chiqarish va daromadini ko'paytirishga qaratilgan ish rejasi asosida ajratilgan 2 mlrd 547 mln so'm imtiyozli kreditdan, 76 nafar fuqaroga 1 mlrd 700 mln so'm kredit mablag'lari ajratilib, 22 ta xo'jalik yurituvchi sub`ektlar tashkil qilindi.22 nafar fuqarolarning doimiy ish bilan bandligi ta'minlandi.
Yil boshida dehqon xo'jaligi buyicha Ozod ovul fuqarolar yig'inida 110 lot ya'ni 52 gektar yer maydonlari auktsionga tanlov asosida qo'yilib, fuqarolar tomonidan yutib olindi hamda poliz ekinlari ekilib, oilalarning daromadli bo'lishiga erishildi.
Ayollar va yoshlar bandligi doimiy etibordagi masalalar bo'lib ayollar daftarida ishsiz toifada turuvchi xotin-qizlarga, parrandachilik yunalishi buyicha kooperatsiya tashkil qilinib, 30 nafar ayol-qizlarga parrandalar hamda inkubator asbob-uskunalari subsidiya hisobidan berilib bandligi ta'minlandi.
Ozod ovul fuqarolar yig'inida jami 15 ta ko'chalarda, maxalla faollari va ko'cha boshi vakillari bilan muntazam uchrashuvlar o'tkazilib, ko'chalarning tozaligi, daraxtlar parvarishi va tomorqadan unumli foydalanish bo'yicha suxbatlashib kelinayotgan bo'lsab axoli muammolari va murojaatlari sayyor uchrashuvlar, qabullar davomida aniqlanib, joyida hal qilinishi uchun barcha
chora tadbirlar ko'rilgan. Asosiy maqsad xalq farovonligi va roziligi yo'lida olib borilayotgan say'-harakatlardir.
Mahalla infrastrukturasini yanada yaxshilash aholiga qulayliklar yaratish maqsadida 5.200 metr tuproq yo'llarning ahvoli yaxshilanib, qum-shag'al aralashmasi yotqizib berildi. Bundan tashqari mavjud muammolar o'rganilib, hal qilinishi bo'yicha tegishli takliflar ishlab chiqilgan. Inson qadrini ulug'lash borasida olib borayotgan har bir ishimiz oddiy odamlar hayotida aks etayotgani bilan ahamiyatlidir.
Xalq deputatlari Beruniy tuman Kengashining 41-cessiyasi bo'lib o'tdi
Sayyor qabul bo'lib o'tdi
Жорий йилнинг июнь ойида Қобил Дусовнинг фейсбук саҳифасида эълон қилинган маълумотга муносабат.
Besh tashabbus
Aholini ro’yxatga olish bo’yicha o’quv-seminari tashkil qilindi
Kasaba uyushmasining o'quv seminari