Hokim yordamchilarining zamonaviy ish quroli...

17-05-2022 | 09:35

422

Mamlakatimizda aholi bandligini ta'minlash, mahallabay ishlash tizimini yanada yaxshilashga qaratilgan ishlar natijadorligini oshirish maqsadida Beruniy tumanida joriy yilning yanvar oyidan ish faoliyatini boshlagan hokim yordamchilariga planshetlar topshirildi. Maxallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi tomonidan berilgan planshetlarni tuman hokimi A.Saparbayev egalariga topshirdi.

 

Beruniy tumanida 40 ta ovul va mahalla fuqarolar yig'inlarida 37 046 ta xonadonda 47 500 ta oila istiqomat qiladi. Jami aholi soni 197 770 nafarni tashkil etadi. 

Har bir mahallaning sharoitini yaxshilash, tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi bandligini ta'minlash bo'yicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Joriy yilning yanvar` oyida ish faoliyatini boshlagan hokim yordamchilari tomonidan o'tkazilgan xatlovga asosan aholining ish bilan band bo'lmagan qismi aniqlanib, ularning bandlik masalasiga alohida e'tibor qaratildi.

  1. Atab aytadigan bo'lsak, joriy yil boshidan 37 046 (100%) xonadonlar xatlovdan o'tkazilib, iqtisodiy axvoliga ko'ra 4 ta toifaga ajratib olindi.

birinchi toifa - daromadi kam, biroq daromad topishga harakat qilayotgan xonadonlar 5 576 ta (15,1 foiz);

ikkinchi toifa - doimiy daromadga ega, qo'shimcha daromad topish istagidagi xonadonlar 21 345 ta (57,7 foiz);

uchinchi toifa - ijtimoiy himoyaga muxtoj, boquvchisini yo'qotgan, nogironligi bo'lgan xonadonlar 1 671 ta (4,5 foiz);

turtinchi toifa - iqtisodiy ahvoli yaxshi va o'ziga to'q xonadonlar          8 454 tani (22,8 foiz) tashkil etmoqda.

#Endilikda hokim yordamchilarining faoliyatida yana bir qulaylikning  yaratilgani yani planshetlarning topshirilishi, ish faoliyatining yanada oson bo'lishiga hizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.