12-02-2022 | 22:47
287
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga muvofiq ish boshlagan hokim yordamchilari va mahallalardagi Yoshlar yetakchilari bilan Qoraqalpog'iston Respublikasi prokurori F.Allambergenov va tuman hokimi A.Saparbaevning uchrashuvi bo'lib o'tdi. Ochiq suhbat shaklida bo'lib o'tgan uchrashuvda, soha vakillariga amaliy yordam ko'rsatish hamda ijtimoiy daftarda turgan fuqarolarga asbob-uskunalar bergan holda, bandligini ta'minlash masalalariga alohida to'xtalib o'tdi.
Bu bo'yicha tuman sektor rahbarlariga topshiriqlar berildi. Hokim yordamchilari va yoshlar yetakchilari mahalla tizimida faoliyat olib borar ekan, aholini kambag'allikdan chiqarish, tadbirkorlikka yo'naltirish, kooperatsiya va klasterlar tashkil etish ishlarini yo'lga qo'yish bo'yicha ham tushuntirishlar berildi.