17-05-2022 | 18:09
420
Maʼlumki, davlat rahbari ijtimoiy-iqtisodiy, maʼnaviy-maʼrifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yoʼlga qoʼyish boʼyicha 5 ta muhim tashabbusni ilgari surgan edi.
Shundan ikkinchi tashabbusi yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yoʼnaltirilgan. Shunga asosan “Vatanparvar” tashkiloti tomonidan, “Mardlik va jasorat –hamisha barhayot“ shiori ostida Navoiy ovul fuqarolar yigʼinida joylashgan Beruniy tumani XTB ga qarashli 5-sonli umumiy o’rta taʼlim maktabida oʼqish yili yakuniga bagʼishlab, harbiy vatanparvarlik sport tadbiri oʼtkazildi.
Tadbirga maktabning Chaqiriqqa qadar boshlangʼich taʼlim fani oʼqituvchisi Аllayarov Masharib boshchiligida yuqori sinf oʼquvchilari, ”Vatanparvar” tashkiloti Beruniy tuman OʼSTK ishchi xodimlari, sportchilar qatnashdi.
Oʼquvchilarga Oʼzbekiston Respublikasi Qurolli kuchlarining mudofaa qobiliyati va harbiy mutaxassisliklar haqida maʼlumotlar berildi. Oʼtgan qisqa davrda, harbiy tuzilmalarning tarkibi va vazifalari chuqur qayta koʼrib chiqilgani, qoʼshinlarni boshqarish tizimi takomillashtirilgani, milliy armiyamizni zamonaviy qurol-yarogʼ va texnika vositalari bilan taʼminlash boʼyicha oʼta muhim loyihalar amalga oshirilgani aytib oʼtildi.
Tadbir soʼngida oʼquvchilarga Harbiy vatanparvarlik va yoshlar bilan ishlash boʼyicha boshliq oʼrinbosari Аxmanov Аzat, sport murabbiyi Yuldashev Izzat havo bosimli miltiq va pistoletlar haqida maʼlumotlar berdi. Oʼquvchilar havo bosimli miltiqdan mishenlarga oʼq otib oʼz merganliklarini sinab koʼrdilar. Gʼolib boʼlgan va faol qatnashgan sportchilarga faxriy yorliqlar berildi.
Xalq deputatlari Beruniy tuman Kengashining 41-cessiyasi bo'lib o'tdi
Sayyor qabul bo'lib o'tdi
Жорий йилнинг июнь ойида Қобил Дусовнинг фейсбук саҳифасида эълон қилинган маълумотга муносабат.
Besh tashabbus
Aholini ro’yxatga olish bo’yicha o’quv-seminari tashkil qilindi
Kasaba uyushmasining o'quv seminari