#G'alla maydonlarida ish qizg'in

14-06-2022 | 19:33

394

#G'alla xalq rizqi hisoblanadi. Kunimizni bug'doy hidi anqib turgan nonsiz tasavvur qilish qiyin. Bugungi kunda dalalarda yetishtirilayotgan g'alla, ayni o'rim-yig'im davri hisoblanib, fermer ho'jaliklarida tinimsiz ish jarayoniga guvoh bo'lamiz. Dala boshida kombain o'rim jarayoni bilan band.

 

 #Beruniy tumani hokimi A.Saparbayev va sektor rahbarlari daladagi o'rim-yig'im mavsumining tashkil etilganligi, hosilni o'z vaqtida nes-nobud qilmasdan yig'ib-terib olish jarayonini ko'zdan kechirdi. Bu yilgi g'alla mavsumi har yiligidan barakali.

 

 #Beruniy tumanidagi “Izzat Jumaniyazov” fermer ho'jaligida 2022 yil hosili uchun 38 gektar maydonga bug'doy ekilgan. Shundan, 92 tonna hosil olish rejalashtirilgan. O'z vaqtida pishib yetilgan hosilning barakasidan fermer ho'jaligi rahbari ma'mnun. Katta mexnat va o'z vaqtida bajarilgan agrotexnik tadbirlar bugun o'z natijasini berdi.

 

#Oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash maqsadida ekilgan kartoshka ham bugun, erta bozor rastalaridan joy oladi. Natijada yetishtirilgan kartoshkaning ichki bozorda yanada arzonlashishiga sabab bo'ladi.