#Favqulodda vaziyatlarning oldin olish bo'yicha seminar o'tkazildi.

19-11-2022 | 11:41

422

#Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko'rish va betalofat o'tkazish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish maqsadida respublikamizning barcha hududlarida seminarlar o'tkazilmoqda. 

#Beruniy tumani Hokimi-Fuqaro muhofazasi boshlig'i A.Saparbayev raisligida o'tkazilgan seminar davomida kuz-qish mavsumida sodir bo'lishi mumkin bo'lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo'yicha asosan mahalla va ta'lim muassasalari hamkorligini kuchaytirish lozimligi bo'yicha keng tushuntirish berildi. Ijtimoiy soha ob'ektlarining mavsumga tayyorgarligi tegishli ishchi guruhlar tomonidan o'rganilishi bo'yicha mas'ul soha vakillariga vazifalar belgilab berildi. 

#Ta'lim muassasalarida tungi vaqtda issiqlik tizimini o'rganish, tabiiy gaz, ko'mir va boshqa turdagi yoqilg'idan foydalanadigan hududlarni o'rganish bo'yicha topshirildi. Uy sharoitida standart talablariga javob bermaydigan isitish moslamalaridan foydalanmaslik bo'yicha aholi orasida keng tushuntirishlar va targ'ibot ishlari olib borilishi belgilandi.                                                                                                                                                                                                  Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati  📄