19-04-2023 | 11:23
474
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoevning 2023 yil 11 aprel kuni o'tkazilgan
videoselektor yig'ilishida har bir vazir, vazir o'rinbosarlari, viloyat, tuman va shahar hokimlari, sektor rahbarlari, davlat tashkilot va muassasa rahbarlariga e'tiborga muhtoj yoshlar nomma-nom biriktirilishi belgilangan edi.
Bugun Beruniy tumani hokimi A.X.Saparbayev, sektor rahbarlari hamda korxona-tashkilot rahbarlari va yoshlar ishtirokida o'tkazilgan uchrashuvning kun mavzusi ham yoshlarning kelajagi, ularning rejalari hamda munosib turmush sharoiti yaratish to'g'risida bo'ldi. Har bir mahalladan tashrif buyurgan yoshlarning murojaat va takliflari shaxsan tuman hokimi nazoratida bo'ldi.
“E'tiborga muhtoj yoshlar, e'tiborimizdan chetda qolishiga yo'l qo'ymaymiz. Barcha imkoniyatlarni safarbar qilgan holda yoshlarning murojaatlarini hal qilamiz hamda muammo bo'lishga yo'l qo'ymaymiz. Mendan boshlab, sektorlar, barcha davlat tashkiloti rahbarlari ham deya ta'kidlab o'tdi tuman hokimi”. Endilikda ishlash prinspi tamoman yangilanib, yoshlarning huquqbuzarliklar sodir etishining oldini olish, ularga munosib mexnat sharoiti yaratish, imtiyozli kreditlar asosida tadbirkorlik faoliyatini boshlashlari uchun barcha imkoniyat va sharoitlar yaratiladigan bo'ldi. “Prezidentimiz yaratib berayotgan imkoniyat va imtiyozlardan har bir yosh bahramand bo'lishi kerak, ularning qalbiga kirib borishimiz kerak” deya ta'kidladi tuman hokimi A.Saparbayev. Uchrashuv yakunida yoshlarni davlat tashkilotlari va muassasa rahbarlariga
biriktirish bo'yicha tegishli topshiriqlar berildi.
Xalq deputatlari Beruniy tuman Kengashining 41-cessiyasi bo'lib o'tdi
Sayyor qabul bo'lib o'tdi
Жорий йилнинг июнь ойида Қобил Дусовнинг фейсбук саҳифасида эълон қилинган маълумотга муносабат.
Besh tashabbus
Aholini ro’yxatga olish bo’yicha o’quv-seminari tashkil qilindi
Kasaba uyushmasining o'quv seminari