Endi my.gov.uz portali orqali bir zumda oʻqish joyidan maʼlumotnoma olish mumkin!

18-04-2022 | 22:59

818

Bilamizki, zarur hollarda talabalar ishga joylashish uchun, avia yoki temir yoʻl kassalariga, mudofaa boʻlimiga, bankka va yana boshqa joylarga oʻqish joyidan maʼlumotnoma taqdim etishi talab etiladi. Odatda u dekanatlarda berilar edi.

Endilikda ushbu maʼlumotnomani internet orqali oson olish imkoniyati paydo boʻldi.

"Oʻqish joyidan maʼlumotnoma olish (https://my.gov.uz/uz/service/323)" xizmati:

⁃ mutlaqo bepul;

⁃ elektron imzo talab etilmaydi;

⁃ toʻliq avtomatlashgan (inson omilisiz);

⁃ maʼlumotnomani shaxsiy kabinetdan PDF shaklida yuklab olish va hujjatlar repozitoriysida saqlab qoʻyish imkoniyati bor.

❗Bu muhim! Yagona portal orqali olingan hujjatlar qonuniy kuchga ega va davlat organlari bunday hujjatlarni qabul qilishni rad etishga haqli emas, bu qatʼiyan man etiladi.

 

Yuridik xizmat ko’rsatish markazi

bosh yuriskonsulti :                                                                                                V.Turaniyazov