26-09-2022 | 09:11
440
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi Beruniy tumani boʻlimi tomonidan Beruniy tumani Jumaniyozov OFY hududidagi “Jumaniyozov 67” Fermer xoʻjaligiga qarashli anor bogʻida dolzarb oʻn besh kunlik tadbirlarini tashkil qilish boʻyicha seminar oʻtkazildi. Seminarda agentlikning Beruniy tumani boʻlimi xodimlari fermer xoʻjaligi boshligʻi va ishchilari qatnashdilar. Agentlikning Beruniy tumani boʻlimi boshligʻi Xamdam Qoʻzibayev fermer xoʻjaligi vakillariga mevali bogʻlarda uchrovchi va iqtisodiy zarar yetkazishi mumkin boʻlgan " Komstok qurti" va "Anor mevaxori" zararkunandalari paydo boʻlishi, ularga qarshi kurash choralari boʻyicha tushunchalar berib oʻtdi. Shundan keyin oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligining Beruniy tumani boʻlimi yetakchi mutaxassisi Shohruh Madatbayev soʻzga chiqib, yigʻilish ishtirokchilariga mazkur zararkunandalarning paydo boʻlishi va tarqalishini oldini olish kuz mavsumida bogʻlarda oʻtkazilishi kerak boʻlgan agrotexnik tadbirlar toʻgʻrisida maʼlumotlar berib oʻtdi.
Zararkunandalar bogʻlarda tarqalishi mevalar sifati yomonlashishiga va eksport hajmining kamayishiga olib kelishi mumkinligi aytib oʻtildi.
Xalq deputatlari Beruniy tuman Kengashining 41-cessiyasi bo'lib o'tdi
Sayyor qabul bo'lib o'tdi
Жорий йилнинг июнь ойида Қобил Дусовнинг фейсбук саҳифасида эълон қилинган маълумотга муносабат.
Besh tashabbus
Aholini ro’yxatga olish bo’yicha o’quv-seminari tashkil qilindi
Kasaba uyushmasining o'quv seminari