Bugunning mavzusi Qish faslida issiqxonalarda yetishtirilayotgan mahsulotlar

26-01-2023 | 18:20

359

Har bir hududning iqtisodiy barqarorligi va rivojlanishi shu hududdagi tadbirkorlarning sog'lom raqobatiga bevosita bog'liq. Tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanayotgan fuqarolarning bugungi kundagi muommolari nimalardan iborat, ichki va tashqi eksport bozoriga yo'naltiriladigan mahsulotlarni tuman sharoitida yetishtirish qay darajada amalga oshirilayabdi?

Beruniy tumani hokimi Atabek Saparbayev “Kashfiyotchi yoshlar” hususiy korxonasiga qarashli gidroponika uslubidagi issiqxona bilan tanishdi. Qish faslida yetishtirilayotgan pomidor mahsuloti oldingi yillarda ichki bozorga yo'naltirilgan bo'lsa, 2023-yilda esa eksport qilish bo'yicha reja qilingan.

 

Pomidor mahsuloti esa 15-20 kun davomida o'z sifatini saqlab turishi, o'zgarmasligi tekshirilgan. So'ngi yillarda issiqxonalarda paydo bo'layotgan xashorotlarga qarshi kurashda turli kimyoviy dorilardan foydalaniladi. Bu borada o'simliklar karantini va himoyasi agentligi bilan birgalikda ishlar olib borilmoqda.

Sovuq ob-havo sharoitida esa issiqxonalarda, issiqlik tizimini boshqarish va yetishtirilayotgan mahsulotlarni saqlab qolish muhim hisoblanadi. Tuman hokimi tadbirkor Iso Yusupov bilan suhbat davomida qo'shimcha ravishda issiqxonalarda bulg'or qalampiri, bodiring, qulupnay yetishtirish borasidagi takliflarini berdi.