30-11-2022 | 09:48
443
#Beruniy tumani Turon MFYda “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar uchun “Taziyiq va zo'ravonlikning oldini olish” bo'yicha tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida mamlakatimizda xotin-qizlarga yaratilayotgan keng sharoit va imkoniyatlar borasida tuman hokimining o'rinbosari, oila va xotin-qizlar bo'limi boshlig'i S.Kozieva to'xtalib o'tdi.
“Ayollar daftari” ga kiritilgan ayollar bilan tizimli ishlash, o'z vaqtida muammolarini hal qilish, murojaatlarni joyiga chiqqan holda o'rganish borasida tumanda tizimli ishlar olib borilayotgani bo'yicha hamkor tashkilotlarga ma'lumot berib o'tdi.
#Ayollar o'rtasidagi zo'ravonlik va tazyiqlarning oldini olish, bu holatga tushishga yo'l qo'ymaslik masalalari hamda qonun doirasida bu holatlar o'rganilishi borasida xotin-qizlarga ma'lumotlar berildi. Psixologik yordam ko'rsatish, shuningdek ayollarning hayotga, yashashga bo'lgan qiziqishini oshirish, oila muqaddas dargoh, farzand tarbiyasi borasida ham psixologlarning mashqlari bilan tadbir davomidagi kichik amaliyotda bilimlar yanada mustahkamlandi.
Beruniy tumani sudlari tomonida gender tenglik, korrupsiyaning oldini olish bo'yicha ham tushunchalar berildi. Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati 📄
Xalq deputatlari Beruniy tuman Kengashining 41-cessiyasi bo'lib o'tdi
Sayyor qabul bo'lib o'tdi
Жорий йилнинг июнь ойида Қобил Дусовнинг фейсбук саҳифасида эълон қилинган маълумотга муносабат.
Besh tashabbus
Aholini ro’yxatga olish bo’yicha o’quv-seminari tashkil qilindi
Kasaba uyushmasining o'quv seminari