“Biz Vatanparvarlarmiz” harbiy sport o’yinlari o’tkazildi

15-03-2023 | 19:02

408

“Vatanparvar” tashkiloti  Beruniy tuman O’quv sport texnika klubi,  tuman mudofaa bolimi ,xalq ta’limi bo’limi   hamkorligida 59-sonli  umumiy o’rta ta’lim maktabida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 2 martdagi PQ-150-son ”Vatan tayanchi” bolalar va oʼsmirlar harbiy-vatanparvarlik harakati foaliyatini tashkil etish toʼgʼrisida”gi qarori  ijrosini ta’minlash maqsadida  umumiy o’rta ta’lim maktablarining  “Vatan tayanchi” bolalar va o’smirlar  harbiy–vatanparvarlik harakati otryadi a’zolari    o’rtasida “Biz Vatanparvarlarmiz” shiori ostida harbiy sport o’yinlari o’tkazildi. Tadbirda o’z  hududlarida g’olib bo’lgan 10 ta jamoadan 110 nafar ishtirokchi  ishtirok etdi.

Musobaqa davomida o’quvchilar   “Mohir mergan“, ”Jabrlanuvchiga birinchi yordam ko’rsatish”,  ”Harbiylashtirilgan estafeta“, “Temur tuzuklari bilimdoni”, ”Ak-74 ni qismlarga ajratish va yig’ish “ shartlari bo’yicha bellashdilar.

Musobaqada    1-orinni  54- umumiy o’rta ta’lim maktabi jamoasi

2-orinni  48- umumiy o’rta ta’lim maktabi jamoasi

3-orinni  15- umumiy o’rta ta’lim maktabi jamoasi egalladilar.      

1-o‘rinni  egallagan   54 -sonli umum ta’lim maktab jamoasi Qoraqalpog’iston Respublikasibosqichi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Musobaqa yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning ongida Vatanga muhabbat, harbiy xizmatga xurmat tuyg’ularini singdirish, ularning bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil qilishga qaratilgan.