Bir yil davomida amalga oshirilgan ishlar. «Birlik» MFY hududida qanday o'zgarishlar bo'ldi?

25-01-2023 | 10:44

360

Bir yil davomida amalga oshirilgan ishlar. «Birlik» MFY hududida qanday o'zgarishlar bo'ldi?

 

 Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholini bandligini ta'minlash va kambag'allikni qisqartirish masalalari bo'yicha “Birlik” maxalla fuqarlar yig'ini hokim yordamchisi lavozimida faoliyat olib borayotgan J.Djabbiev mahalla xotin-qizlar faoli K.Yangaboeva yoshlar yetakchisi F. Sheripboyev tomonidan mahalla jamoasi va faollariga 2022 yilda bajarilgan ishlar yuzasidan hisobot berdi.

“Birlik” maxalla fuqarolar yig'inining maydoni 82,1 ga, xonadonlar soni 565 ta, aholi soni 3218 ta, oila soni 805 tani tashkil etadi. Hududda 2022 yil ma'lumotiga ko'ra,

  “Temir daftari”da 3 nafar fuqaro;

  “Yoshlar daftari” da   4 nafar fuqaro

 “Ayollar daftari” da 80 nafar fuqarolarni tashkil qildi.

  2022 yil 12 oy davomida 48 ta fuqaroga 1 369 034 000 (bir millia?rd uch yuz oltimish to'qqiz

million o'ttiz to'rt  ming) so'mlik kreditlar ajratildi.  

Raqamlarga etibor qaratsak:

Asalarichilik yo'nalishida  -  1  33 000 000 so'm

Baliqchilik yo'nalishida  -  3  87 600 000 so'm

Issiqxona yo'nalishida  -  12  300 500 000 so'm

Qo'ychilik yo'nalishida  -  1  32 000 000 so'm

Elektro motatskl yo'nalishida  -  2  66 000 000 so'm

Moto texnika yo'nalishida  -  4  132 000 000 so'm

Ishlab chiqarish  -  2  133 000 000 so'm

Parrandachilik yo'nalishida  -  1  32 980 000 so'm

Xizmat ko'rsatish yo'nalishida  -  8  249 000 000 so'm

Tikuvchilik yo'nalishida  -  5  95 000 000 so'm

Milliy shirinlik yo'nalishida  -  10  208 400 000 so'm

Bundan tashqari hududdagi 1 nafar fuqaroga subsidiya orqali issiqxona qurib berildi, hamda 2 nafar ayolga subsidiya evaziga tikuv mashinasi berilib, Xunarmand uyushmasiga a'zo qilindi va bandligi ta`minlandi. Bundan tashqari 2 nafar ayolga subsidiya evaziga Mini pechka berildi.

  “E-AUKSION” elektron platformasi orqali qishloq xo'jaligi yerlarini ijaraga berish orqali 31 ta lot orqali 31 fuqaroga 17,5 gektar yer berildi bandligi ta'minlandi.

 

 

Hududda tadbirkorlar 48 tani tashkil etadi:

  MCHJlar soni-29 ta

 YATTlar soni-19 ta

 Dehqon xo'jaliklari-31 tani tashkil etadi.

Shuningdek, hududda 12 oy davomida jami 373 nafar fuqaro doimiy, mavsumiy va o'z-o'zini band qilish yo'nalishida ishlashga ko'maklashildi.

Bulardan:

Doimiy va mavsumiy ishlarga 241 nafar fuqarolar band qilingan bo'lsa

o'z-o'zini band qilgan fuqarolar soni 132 nafarni tashkil qildi.