25-04-2022 | 22:31
471
#Maktab ta'limi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar – jamiyatimizning barcha qatlamlari, har bir oilaning kelajagi bilan chambarchas bog'liq.
#Bugungi kunda sifatli ta'lim tizimi, zamon talablariga javob beradigan va barcha shart-sharoitlarga ega maktablar, ularda malakali pedagog-kadrlar bilan ta'minlash asosiy vazifalarimizdan sanaladi.
#Yoshlarning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga qaratilgan festivallar respublikamiz bo'ylab keng tarzda o'tkazilayotganiga guvohmiz.
#Bugun Beruniy tumani XTB ga qarashli 48-sonli Davlat ixtisoslashgan umumiy o'rta ta'lim maktabida “Besh tashabbus” olimpiadasi doirasida “Yoshlar festivali” va sport turnirlari bo'lib o'tdi.
#Zakovat, kitob mutolaasi, mushoira kechalari, rassomchilik, sportning shaxmat-shashka, armresling, arqon tortish, mini futbol turlaridan musobaqalar tashkil etildi. Qo'l mexnati asosida ishlangan turli buyumlar, o'quvchilarning bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazayotganidan darak beradi.
#Iqtidorli o'quvchilarni aniqlash, kuchli, bilimli o'quvchilarni sinovdan o'tkazish maqsadida barcha fanlardan joriy yilning 20-aprel - 10-may kunlari tuman birinchiligi uchun fan olimpiadalari va intellektual o'yinlar tashkil qilinmoqda.
#Hozirgi kunda Beruniy tumanida 3 ta davlat ixtisoslashgan maktablarida 3354 nafar o'quvchilar tahsil olmoqda. Ixtisoslashgan maktblar bitiruvchilarining oliy ta'lim muassasalariga kirish ko'rsatkichlari boshqa maktablarga nisbatan ancha yuqori.
#Bugungi o'tkazilgan “Yoshlar festivali” da iqtidor egalari munosib taqdirlandi. Beruniy tumani hokimi A.Saparbayev, Xalq ta'limi vaziri o'rinbosari, sektor rahbarlari ishtirokida maktab o'quvchilari, sportchilari taqdirlandi. O'tkazilgan ma'naviy-ma'rifiy tadbir yoshlarning esida qoladigan, iqtidorini kashf etadigan bayram bo'ldi.
Xalq deputatlari Beruniy tuman Kengashining 41-cessiyasi bo'lib o'tdi
Sayyor qabul bo'lib o'tdi
Жорий йилнинг июнь ойида Қобил Дусовнинг фейсбук саҳифасида эълон қилинган маълумотга муносабат.
Besh tashabbus
Aholini ro’yxatga olish bo’yicha o’quv-seminari tashkil qilindi
Kasaba uyushmasining o'quv seminari