“Besh tashabbus” imkoniyatlari

17-05-2022 | 09:21

415

“Besh tashabbus-besh imkoniyat” o'quvchilarning darsdan bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga qaratilgan tadbirlar o'quv yili yakuni bo'yicha Beruniy tumani XTB ga qarashli 30-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabida bo'lib o'tdi. 

#Maktabda tashkil etilgan sport to'garaklari, yosh kitobxon, mushoira, pazandachilik, tikuvchilik, kibersport to'garaklarining faoliyati va o'quvchilar erishgan yutuqlarining ko'rgazmali namoyishi bo'lib o'tdi.  

“Besh tashabbus san'at bilan” shiori ostidagi musiqali tadbir, san'atga qiziquvchi yoshlarning bu sohaga ilk qadam bilan kirib kelishida katta rol o'ynadi. 

#Tadbir yakunida maktab direktori Nazira Shamuratova XTB tomonidan tashakkurnoma va maxsus sovg'a bilan taqdirlandi.                                                                                          🟢 Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati