22-10-2021 | 07:53
429
Bugun ochilish tadbiri bo’lib o’tgan, Beruniy tumani 2 sektor hududi Tinchlik OFY “Mahalla huquq-tartibot maskani” mazkur hududda sodir bo’lishi mumkin bo’lgan huquqbuzarliklarning oldini olishga va jinoyachilikdan holi hududga aylantirishga xizmat qiladi. Bu yerda 2021 yil hisobida huquqbuzarliklar aniqlanmagan. Maskanning afzallik tomoni shundan iboratki mahalla binosi, huquq tartibot maskani hamda profilaktika inspektorining hizmat uyi ham bir joyda joylashgan. Bu esa aholiga yanada qulayliklar yaratadi. Zamonaviy jihozlangan xonalar barcha qulayliklarga ega.
Keng jamoatchilik ishtirokida ochilgan maskan bo’yicha mehmonlar va nuroniylar o’zlarining iliq fikrlarini bildirib o’tdi. Tashrif buyurgan mehmonlar yaratilgan sharoitlar bilan tanishib, istiqlol yillarida ichki ishlar tizimiga berilayotgan e’tibor natijasida yurtimiz tinchligini asrashda bor kuch g’ayratini ayamay hizmat qilayotgan soha hodimlarining ish sharoitlarini yanada yaxshilanayotganidan ma’mnunligini bildirdi. Binoning ochilishi 25 oktyabr “Ichki ishlar hodimlari kuni” kasb bayramiga munosib sovg’a bo’ldi.
Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
Xalq deputatlari Beruniy tuman Kengashining 41-cessiyasi bo'lib o'tdi
Sayyor qabul bo'lib o'tdi
Жорий йилнинг июнь ойида Қобил Дусовнинг фейсбук саҳифасида эълон қилинган маълумотга муносабат.
Besh tashabbus
Aholini ro’yxatga olish bo’yicha o’quv-seminari tashkil qilindi
Kasaba uyushmasining o'quv seminari