Beruniyda ayollar va yoshlar qo'llab-quvvatlandi

12-02-2022 | 22:46

725

Qoraqalpog'iston Respublikasi Prokurori F.Allambergenov, tuman hokimi A.Saparbaev, sektor rahbarlari Beruniy tumanidagi “Ayollar va yoshlar daftari”da turgan fuqarolarga tikuv mashinalari, mini pechkalar hamda 5 nafar talabaning oliy o'quv yurtida o'qishni davom ettirishlari uchun to'lov shartnoma mablag'larini o'tkazib berish bo'yicha sertifikatlarini topshirdi. 

“Ayollar daftari” da turib, o'z ishini boshlash niyatidagi opa-singillarning ham murojaatlari o'rganildi. Oilada iqtisodiy barqarorlikka erishilar ekan, tinchlik va farovonlik hukm suradi. Ijtimoiy daftarga fuqarolarni kiritishning  ham asosiy maqsadi kambag'allikdan chiqarish orqali, odamlarni tadbirkorlikka o'rgatish va boqimandalik kayfiyatini yo'q qilishdan iborat ekanligini respublika prokurori ta'kidlab o'tdi.                                                                                

 🟢 Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati