#Beruniyda amalga oshirilayotgan ishlar senator nigohida. Islohotlar, o'zgarishlar va o'ziga hos jixatlar

09-06-2022 | 12:14

478

#Hududlarda amalga oshirilayotgan bir qator ishlar aholining farovon turmush kechirishi, bugunidan rozi bo'lib yashashi borasida olib borilayotgan amaliy harakatlardir.

 

#2020-2023 yillarda Qoraqalpog'iston Respublikasini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlarining ijrosi yuzasidan parlament nazoratini amalga oshirish maqsadida, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining a'zolari Qoraqalpog'iston Respublikasining tuman va shaxarlariga biriktirildi.

 

#Beruniy tumaniga tashrif buyurgan Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining "Fan, ta'lim, so?liqni saqlash masalalari"qomita a'zosi doimiy asosda ishlovchi senator M.A.Salimova tumandagi bir nechta joylarda bolib, amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

 

 

#Dastlab tashrif manzili Beruniy tumani ahborot kutubxona markazida “Ayollar daftari” da ro'yxatda turgan va hozirgi kunda o'z ishini boshlash istagidagi 20 nafar Beruniylik xotin-qizlarga zamonaviy tikuv mashinalari va shirinliklar pishirish uchun jihozlar topshirildi. Senator tomonidan ayol-qizlarning murojaatlari tinglandi. Kelgusidagi rejalari bilan tanishib, ularning ishlariga rivoj tiladi.

 

#Bolaning begonasi bo'lmaydi. Ayniqsa o'zbek xalqining shunday bir mexri borki, har bir bolani o'z farzandidan ortiq tarbiya qiladi. Beruniy tumanidagi Atabevlar oilasi 2021 yilning noyabr oyida 1-sonli Oilaviy bolalar uyini ochib, Xo'jayli tumanidan 6 nafar bolalarni o'z bag'riga olgan.

 

#Hozirda 10 nafar bolajonlarning mexribon ota-onasi. Senator xonadon egalari va farzandlari bilan suhbatlashar ekan davlatimiz tomonidan ularning ta'lim-tarbiyasiga berilayotgan e'tibor shuningdek, yozgi ta'til davomida sport, san'at va fan to'garaklarini tashkil etib, vaqtini mazmunli o'tkazish borasidagi rejalar bilan ham tanishdi. Senator mexridaryo qalb egalari bo'lgan Atabevlar oilasiga bugungi zamon qahramonlari deya ta'rif berdi.

 

#Beruniy tumani markazidan 35 kilometr olisda joylashgan Oltinsoy ovul fuqarolar yig'ini “Og'ir hudud” hisoblanib, ayniqsa aholining murojaatlari oqava suv masalasi bo'lib kelgan.

 

#Hududda qishloq ho'jaligi mahsulotlarini ekish va bu orqali daromad topish imkoniyati mavjud, oqava suv masalasi esa senator tomonidan o'rganilganda 2024 yilda hal qilinishi bo'yicha ma'lumotlar keltirilgan. Aholining bu boradagi murojaatlarini o'rgangan holda senator M.A.Salimova o'z takliflarini bildirdi va tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda masalani qisqa fursatda hal qilinishi bo'yicha rejalarni ko'rib chiqdi.

 

#Shuningdek, og'ir hudud bo'lishga qaramasdan aholining xizmat ko'rsatish va tadbirkorlik borasidagi ishlarini hudud hokim yordamchisi F.Primov bilan birgalikda o'rganib chiqdi. Tomorqasida issiqxona tashkil qilib, foyda olayotgan xonadon egasi oilasiga yetarli qo'shimcha daromad manbaiga ega bo'lganligiga guvoh bo'ldi.

 

#Davlat bojxona qo'mitasi tomonidan tumandagi og'ir hududlar Oltinsoy, Qizilqal'a va Do'stlik ovul fuqarolar yig'inida jami 10 ta toza ichimlik suvi filtrlari o'rnatilib berilgan bo'lib, bugungi kunda shu yerlik aholi bu suvdan doimiy iste'molda foydalanib keladi.

 

 

Oltinsoy hududida bo'layotgan o'zgarishlar esa bugun, xalq roziligi yo'lida amalga oshirilayotgan natijali ishlarimizning mazmun-mohiyatini yanada yuqori pog'onalarga ko'tarishi bilan ahamiyatli hisoblanadi. Hozirda bu yerda investitsiya dasturi asosida 3 mlrd 700 million sum evaziga 39-sonli 120 bolaga mo'ljallangan davlat maktabgacha ta'lim muassasasi hamda 58-sonli maktabga boshlang'ich sinflar uchun qo'shimcha filial qurilish ishlari davom etmoqda.

 

#Yurtimizda yoshlarga berilayotgan imkoniyat har doimgidan yuqori. Agrar sohaning rivojida ham yoshlarning o'rni alohida. Beruniy tumanining drayver sohalaridan biri bog'dorchilik va poliz mahsulotlari hisoblanib, ayni kunlarda poliz mahsulotlarini dala boshida parvarishlash ishlari olib borilmoqda. Senator o'rganishlari davomida 10 yil davomida ijara shartnomasi asosida yer olib o'z ishini yo'lga qo'ygan yoshlar bilan ham suhbatlashdi. Kun davomida hududlarda o'rganishlar davom etmoqda.