BERUNIY TUMANIDAGI SAYYOR QABULDA MUAMMOLAR OCHIQ MUHOKAMA QILINDI

02-12-2022 | 09:37

401

Qoraqalpog'iston Respublikasi Beruniy tumanida O'zbekiston Respublikasi Suv xo'jaligi vazirining birinchi o'rinbosari A.Nazarovning sayyor qabuli o'tkazildi.

Sayyor qabul ochiq muloqot shaklida o'tkazilib, unda tumandagi fermer xo'jaligi rahbarlari, fuqarolar va boshqa suv iste'molchilarining kanallarning suv o'tkazish qobiliyatini oshirish, sho'r yuvish mavsumini ertaroq boshlash masalasidagi murojaatlari tinglandi.

Beruniy nasos stantsiyalari va energetika boshqarmasi boshlig'i Ulug'bek Primov, tuman irrigatsiya bo'limi rahbari Jasur Yeshanovlarga iste'molchilardan tushgan murojaatlarni bir hafta muddatda ijobiy hal qilish, sug'orish davrida kanal oxiridagi fermerlarga navbatlab suv berishni qat'iy nazoratga olish, nasos agregatlarining uzluksiz ishlashini ta'minlash bo'yicha vazifalar yuklatildi.