15-04-2023 | 10:20
490
Shabboz ovul fuqarolar yig'ini, Turon hamda Ibn-Sino mahallasida istiqomat qilayotgan 14371 nafar aholiga tibbiy xizmat ko'rsatuvchi 14-oilaviy shifokorlik punkti qayta ta'mirlanib, ishga tushirildi.
Prezidentimizning tibbiyot sohasiga berayotgan etibori sabab, bugun qishloq joylarida ham barcha zamon talablari asosidagi, tibbiy jihozlarga ega oilaviy shifokorlik punktlari ish boshlamoqda.
Inson salomatligi va yashashi uchun avvalo, tibbiyot yaxshi rivojlangan, odamlarda esa sog'lom turmush tarziga rioya qilish borasidagi ko'nikmalar shakllangan bo'lishi zarur.
Ayniqsa, oilaviy kasalliklari mavjud xonadonlarni aniqlash va tegishli ko'rsatmalar asosida davolash ishlari yo'lga qo'yilishi lozim. Qarib 30 yil davomida ta'mirlanmagan bino, bugun yangidan tamirlanib, o'zgacha ko'rinish aks ettirgan. 9 nafar shifokor va 35 nafar xamshiralar ish faoliyatini olib boradi.
Laborotoriya, umumiy amaliyot shifokori, kunduzgi davolash xonalari, ayollar xonalarida barcha sharoitlar yaratilgan. Bugun o'tkazilgan tadbirda Beruniy tumani hokimi A.X.Saparbayev, Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi deputati S.Imamova, nuroniylar hamda tibbiyot hodimlari, keng jamotchilik ishtirok etdi.
Prezident qarorlarining joylardagi ijrosi hamda bu boradagi uzluksiz ishlar bundan keyin ham davom etadi. Asosiy maqsadimiz tinch va farovon yurtda, inson qadrini ulug'lash g'oyasi asosida faoliyat yuritish va bugunidan rozi xalqimizning salomatligini mustahkamlashdir.
Ma'lumot o'rnida 2023-yild Beruniy tumanida 4 ta hududda oilaviy shifokorlik punktlari qayta ta'mirlanib, ishga tushirildi. Hususan Oltinsoy, Abay, Biybozor va Shabboz ovul fuqarolar yig'inlari shular jumlasidan.
Beruniy tumani hokimligi Axborot xizmati
Xalq deputatlari Beruniy tuman Kengashining 41-cessiyasi bo'lib o'tdi
Sayyor qabul bo'lib o'tdi
Жорий йилнинг июнь ойида Қобил Дусовнинг фейсбук саҳифасида эълон қилинган маълумотга муносабат.
Besh tashabbus
Aholini ro’yxatga olish bo’yicha o’quv-seminari tashkil qilindi
Kasaba uyushmasining o'quv seminari