17-02-2023 | 18:38
344
O'zbekiston Xalq demokratik partiyasi Beruniy tumani Kengashi tomonidan "Inson qadri uchun" shiori ostida “O'zbekiston Xalq demokratik partiyasining eng faol deputati” ko'rik-tanlovining tuman bosqichi yuqori saviyada o'tkazildi.
Ko'rik tanlovda 5 nafar deputat ishtirok qildi. Ko'rik tanlovda deputatlar faol
qatnashib o'zlarining siyosiy va huquqiy bilimlarini hamda iste'dodlarini namoyish qildilar.
Tanlov yakuniga ko'ra faol ishtirok qilgan 6-sonli “Navoiy” saylov okrugidan deputat Shukurlaev Qudrat “Eng ma'rifatli deputat” nominatsiyasiga, 22-sonli “S. Yeshchanov” saylov okrugidan deputat Atajanov Kenjabek “Tashabbuskor deputat” nominatsiyasiga munosiib deb topildi.
Shuningdek 30-sonli “Kat” saylov okrugidan deputat Madyarov Mexrob “Eng shijoatli yosh deputat” nominatsiyasi bilan 3-o'rinni egalladi, 8-sonli “Obi-hayot” saylov okrugidan deputat Tajimova Muxabbat “Yilning eng yaxshi ayol deputati” nominatsiyasi bilan 2-o'ringa munosib dep topildi.
29-sonli “Do'stlik” saylov okrugidan Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi deputati Imamova Sayyora Yakupbaevna “O'zbekiston Xalq demokratik partiyasining “Eng faol deputati” ko'rik-tanlovining Beruniy tuman bosqichida faxrli birinchi o'rinni egallab Qoraqalpog'iston Respublikasi bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdi.Tanlov ishtirokchilariga maxsus diplom va sovg'alar tantanali topshirildi.
Beruniy tumani hokimligi Аxborot xizmati
Xalq deputatlari Beruniy tuman Kengashining 41-cessiyasi bo'lib o'tdi
Sayyor qabul bo'lib o'tdi
Жорий йилнинг июнь ойида Қобил Дусовнинг фейсбук саҳифасида эълон қилинган маълумотга муносабат.
Besh tashabbus
Aholini ro’yxatga olish bo’yicha o’quv-seminari tashkil qilindi
Kasaba uyushmasining o'quv seminari