Beruniy tumanida o'quv seminari bo'lib o'tdi

25-01-2023 | 18:23

421

Beruniy tumanida 2023-yil 25-yanvar kuni Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatalari, kotibiyat mudirlari hamda fuqarolar yig'inlari raislarining bilimlarini oshirishga bag'ishlangan o'zaro xamkorliklik asosidagi o'quv-seminar bo'lib o'tdi.

Seminarda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-dekabrdagi Oliy Majlis va O'zbekiston xalqiga Murojaatnomasining mazmun-mohiyatini tushuntirish, deputatlarning Qonuniy huquqi va majburiyati to'g'risida, ommaviy axborot vositalari bilan ishlashish metodlari, “Fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari to'g'risida”gi Qoraqalpog'iston Respublikasi

Qonuni, fuqarolar yig'inlarining boshqaruv tartibi va hujjatlar bilan ishlashishni yo'lga qo'yish hamda fuqarolar yig'inlarining jismoniy va yuridik shaxslari murojaatlari bilan ishlashish tartibi, deputatlarning Qonuniy xuquqi va majburiyatlari yuzasidan, fuqarolar yig'inlarining boshqaruv tartibi va xujjatlar bilan ishlashishni yo'lga qo'yish yuzasidan “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Qoraqalpog'iston Respublikasi Kengashi Ijroiy qo'mitasi devonining deputatlar, deputatlik birlashmalari va boshlang'ich partiya tashkilotlari bilan ishlash bo'lim

boshlig'i Murzambetov Majid, Tursinbaev Muxamedali, Kengash raisining axborot siyosati masalalari bo'yicha maslaxatchisi Tajimuratov Mirzaxmet, Mahalla va nuroniylarni qo'llab quvvatlash bo'limi yetakchi mutaxassisi Nurumbetov Xushnudbek, Tuman Adliya bo'limi boshlig'i Raimbekova Saltanat ishtirok qilishdi.