17-06-2022 | 12:11
438
O'zbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi hamda Oliy biznes maktabi bilan hamkorlikda tuzilgan memorandumga asosan “Hokim yordamchilari faoliyatini samarali tashkil qilish: mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta'minlash va kambag'allikni qisqartirish yo'llari” mavzusidagi 3-kunlik o'quv-amaliy seminari bo'lib o'tdi.
Mazkur tumanlar kesimidagi seminarda Qoraqalpog'iston Respublikasining Amudaryo, Beruniy, Ellikqal'a va Turtko'l tumanlarida faoliyat olib borayotgan jami 162 nafar hokim yordamchilari Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetining yuksak bilim va tajribaga ega “Umumiqtisodiy fanlar” kafedrasi professor-o'qituvchilari jalb etildi hamda hokim yordamchilarining kasbiy mahoratlarini oshirish bo'yicha seminarlarni amaliy va keys mashg'ulotlaridan foydalangan holda o'ch kun davomida o'qitildi.
Mazkur yakuniga yetgan o'kuv seminari yopilish marosimiga Beruniy tumani hokimi birinchi o'rinbosari Umid Matirzaev, Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi Qoraqalpog'iston Respublikasi xududiy filiali rahbari Rzaeva Gul`zira hamda Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining Qoraqalpog'iston Respublikasi boshqarmasi bo'lim boshligi Batir Abdimuratov tashrif buyurdi va kurs yakunida o'tilgan darslar yuzasidan beriladigan testlardan muvaffaqiyatli o'tgan hokim yordamchilariga maxsus sertifikatlar topshirildi.
Malaka oshirish seminardan kutilayotgan asosiy maqsad hokim yordamchilari faoliyatini samarali tashkil etish, mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta'minlash, kambag'allikni qisqartirish, tadbirkorlik bo'yicha innovatsion ishlanmalar yaratish, ularni tijoratlashtirish va zamonaviy innovatsion ko'nikmalarni shakllantirish tadbirdan ko'zlangan asosiy maqsad sanaladi.
Xalq deputatlari Beruniy tuman Kengashining 41-cessiyasi bo'lib o'tdi
Sayyor qabul bo'lib o'tdi
Жорий йилнинг июнь ойида Қобил Дусовнинг фейсбук саҳифасида эълон қилинган маълумотга муносабат.
Besh tashabbus
Aholini ro’yxatga olish bo’yicha o’quv-seminari tashkil qilindi
Kasaba uyushmasining o'quv seminari