#Beruniy tumani #1-sektor faoliyati “Ayollar daftari”

23-07-2022 | 17:31

538

Ayollar daftaridagi har bir xotin-qiz alohida e'tibor markazida bo'lib, ular uchun qulaylik va imkoniyatlar yaratish sektor rahbarining zimmasidagi mas'uliyatli vazifa hisoblanadi. Beruniy tumani markazidan olisdagi hudud Abay OFY Qurolpa aholi manzilida oqava suv muammosi ko'p yillardan beri shu yerlik aholini qiynab kelgan. Hudud hokim yordamchisi va mahalla raisi, xotin-qizlar faoli birgalikda 60 dan ortiq xonadonlarga yer osti suvlaridan foydalanish uchun quduq qazilib, suv chiqarish uskunalari o'rnatib berilgan.

 

Malika Qutlimuratova Ayollar daftarining 3-yo'nalishida turadi. Tomorqasidan suv bo'lsa undan unumli foydalanib daromad topishini aytib mahallaga murojaat qildi. Murojaat tez fursatda o'rganilib, unga subsidiya asosida suv chiqarish uskunasi o'rnatib berildi. Qishloq joyida asosiy ish dexqonchilik shuning ortidan daromadli bo'lamiz deydi suhbatdoshimiz. Tomorqamda hamma narsa yetishtirdim bu yil suv hovlimda bo'lganligi sababli hosil yaxshi. Suv hayot manbai ayniqsa, qishloq joyida yerdan foydalanishda suv bo'lmasa hosil nobud bo'lishiga sabab bo'ladi.

 

Qurolpa aholi manzilida esa bugun holat ancha yaxshi, dalada poliz ekinlarining barcha turi piyozdan tortib qovungacha, mevaning barcha turlari yetishtirilmoqda.

Birgina o'rganishlarimiz xalqimizning bugungi kunidan roziligi, kelajakka intilishi,

farzandlar kamolini ko'rishga bo'lgan ulkan ishonchni ifodalaydi. Ayollar daftarida ruyxatda turgan xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyat bu-yuksak ishonch, mexnat va natijaning o'zaro uyg'unligi, bugunidan rozi ayollarimizning kuchli irodasining namoyon bo'lishidir.