21-01-2022 | 22:06
412
Assalomu alaykum hurmatli hamyurtlar. Hammamizga maʼlumki, respublikamizda, shu jumladan tumanimizda ham koronavirus infeksiyasi bilan ro‘yxatga oliingin bemorlar soni oshishi kuzatilmoqda. Shu sababli, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi hizmatining taklifiga asosan koronavirus infeksiyasining yangi “omikron” shtammi bolalar va yoshlar o‘rtasida tarqalish xavfi yuqoriligi inobatga olingan holda barcha oliy (davlat, nodavlat, xususiy va xorijiy filiallar) hamda professional taʼlim muassasalari, umumtaʼlim maktablari joriy yilning 24 yanvardan boshlab 1 oy muddat davomida taʼlim olish tizimi masofaviy (onlayn) taʼlim shakliga o‘tkazildi. Mamlakatimizda koronavirus infeksiyasining “omikron” va boshqa shtamlarining tarqalishining oldini olish maqsadida xalqaro va respublika darajasidagi ekspertlarining tavsiyalari hamda aholi murojaatlarini inobatga olib, COVID-19ga qarshi 5 yoshdan 11 yoshgacha bo‘lgan bolalarni Pfizer (Pfayzer) vaksinasi bilan ixtiyoriylik asosida emlashga ruxsat berildi. Bolalar ham koronavirus infeksiyasi yuqtirishlari va ularda ham kasallik alomatlari paydo bo‘lishi ota-onalarning o‘rinli xavotiriga sabab bo‘lmoqda. Respublikamizda bolalar o‘rtasida koronavirus infeksiyasiga qarshi emlash tadbirlari tashkil etilishi farzandlarimizning salomatligini taʼminlashga xizmat qiladi. Tumanimizda joriy yilning 1 yanvaridan 21 yanvarigacha Beruniy tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi polimeraza zanjir reaksiyasi (PZR) laboratoriyasida kasallikka gumon qilinganlardan klinik ko‘rsatmalarga asosan, bemor bilan birlamchi muloqotda bo‘lganlar, epidemiologik xavfli hududlardan kelganlar hamda o‘z ixtiyori bilan murojaat etgan 440 nafar hamyurtimizdan tahlil namunalari olinib, ulardan 60 nafaridan COVID-19 infeksiyasi tasdiqlandi. Tumanimizda COVID-19 infeksiyasi laborator tasdiqlangan 47 bemor belgilangan standartlar asosida davolanmoqdalar. Aniqlangan infeksiya o‘choqlarida to‘liq dezinfeksiya va epidemiyaga qarshi kurash tadbirlari o‘tkazilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasining 92-sonli yig‘ilish bayoniga asosan 2022 yilning 15 yanvaridan 1 martiga qadar vazirliklar, idoralar va boshqa davlat tashkilotlari hamda xo‘jalik birlashmalarida mamlakatda amal qilayotgan karantin cheklovlari sharoitida aholi salomatligini taʼminlash, mamlakatda epidemiologik vaziyat barqarorligini saqlash maqsadida turli tadbirlarni (yig‘ilish, majlis, forum, festival, konferensiya, bayram va boshqalar) tashkil etilishi taʼqiqlangan. Bosh vazir o‘rinbosarlari va maslahatchilari o‘z kompleksiga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar, shuningdek mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari to‘liq koronavirusga qarshi vaksina bilan emlash bo‘yicha amaliy choralarni ko‘rgan holda sanitariya-epidemiologiya qoidalarning bajarilishi bo‘yicha qatʼiy nazorat o‘rnatadilar. Tumanimizdagi barcha tashkilot, idoralar va xo‘jalik birlashmalari rahbarlari hamda ularning o‘rinbosarlarining har biri bo‘yicha koronavirus infeksiyasiga qarshi emlanganligi to‘g‘risidagi maʼlumotlarni Respublika maxsus komissiyasiga taqdim etgan holda emlanmagan ishchi-xodimlarni belgilangan tartibda ishdan chetlashtirilishi qatʼiy nazoratga olinadi. Aholining to‘liq emlanishi, jumladan buster doza bilan emlash ishlari jadallashtiriladi. Poliklinika va oilaviy shifokorlik punktlari negizida mobil brigadalar faoliyati shay holatga keltirilib, ular maxsus transportlar bilan taʼminlanadi. Shifoxonlarda bemorlar uchun o‘rinlar, shuningdek, koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolash uchun kamida 3 oylik dori vositalari zaxirasi shakllantiriladi. Tashkilot, korxona, muassasalar, yirik savdo majmualari, supermarketlar, ko‘ngilochar muassasalar kirish qismlarida tibbiy niqobda bo‘lish, ijtimoiy masofani saqlash, tana haroratini o‘lchash amaliyoti qaytadan joriy etiladi. Mazkur sanitariya-epidemioliya sohasidagi qonun talablari hamda karantin qoidalarini buzgan tashkilot rahbarlari qonunchilikda belgilangan tartibda qatʼiy javobgarlikka tortiladilar.
Bugungi murakkab vaziyatdan chiqib ketishning yagona yo‘li vaksinatsiya, shu bois sizlardan o‘zingiz va yaqinlaringiz salomatligini himoya qilish uchun vaksinatsiya jarayonlarida faol qatnashingizni so‘rab qolamiz.
Hurmat bilan, Beruniy tuman Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi bosh shifokori Yeshimbetov Xushnud Baxtiyarovich.
Xalq deputatlari Beruniy tuman Kengashining 41-cessiyasi bo'lib o'tdi
Sayyor qabul bo'lib o'tdi
Жорий йилнинг июнь ойида Қобил Дусовнинг фейсбук саҳифасида эълон қилинган маълумотга муносабат.
Besh tashabbus
Aholini ro’yxatga olish bo’yicha o’quv-seminari tashkil qilindi
Kasaba uyushmasining o'quv seminari