20-01-2022 | 21:06
530
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksiga muvofiq iqtisodiy sudlarning asosiy vazifalari quyidagilar - iqtisodiyot sohasida korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolarning buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlarini yoxud qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish, iqtisodiyot sohasida qonuniylikni mustahkamlash va huquqbuzarliklarning oldini olishga ko‘maklashish, qonunga va sudga nisbatan hurmatda bo‘lish munosabatini shakllantirish bo‘lib hisoblanadi.
Beruniy tumanlararo iqtisodiy sudi shtat jadvaliga muvofiq 1 ta sud raisi va 2 ta sudyadan iborat tarkibda ish olib boradi. Bugungi kunda uch sudya to‘liq tarkibda ish olib bormoqda.
Beruniy tumanlararo iqtisodiy sudi o‘z vazifalaridan kelib chiqib o‘z faoliyatida iqtisodiyot sohasida qonunchilikni mustahkamlashga, odil sudlovni amalga oshirishga, ishbilarmonlik subyektlarining qonun bilan qo‘riqlanadigan manfatlarini qo‘riqlashga, ularga yengillik yaratishga, huquqbuzarliklarning oldini olishga va sud majilislarining tarbiyaviy va profilaktik ahamiyatini oshirish maqsadida sayyor sud majlislarida jamoatchilikni jalb qilgan holda o‘tkazishga alohida etibor qaratilmoqda.
Beruniy tumanlararo iqtisodiy sudi tomonidan 2021 yil 12 oyi davomida jami ko‘rilgan ishlar soni 2183 tashkil qildi.
Sud majlisining tarbiyaviy va profilaktik ahamiyatini oshirish maqsadida sud tomonidan 1503 ish, yaʼni jami ko‘rilgan ishlarning 68,8 foizi sayyor sud majlislarida ko‘rib chiqildi.
Sud tomonidan daʼvogarlar foydasiga 82 mlrd 024 mln. so‘m miqdorida qarz va neustoykalarni undirish to‘g‘risida qarorlar qabul qilindi.
Shuningdek, respublika byudjetiga davlat boji hisobidan
2 mlrd 890 mln so‘m undirish to‘g‘risida qarorlar qabul qilingan.
Ixtiyoriy to‘langan davlat boji pul miqdori birinchi instansiyada 182 mln. so‘mni tashkil qilgan.
Shuningdek, kichik biznes subyektlari va yakka tartibdagi tadbirkorlar ishtirokida jami 213 ta ishlar ko‘rilgan bo‘lib, ular foydasiga
2 mlrd 774 mln 390 ming so‘m undirish to‘g‘risida qarorlar qabul qilingan.
Dehqon va fermer xo‘jaliklar ishtirokida jami 209 ta ish ko‘rilgan bo‘lib, ular foydasiga 2 mlrd 440 mln 230 ming so‘m undirish to‘g‘risida hal qiluv qarorlari qabul qilindi.
Bundan tashqari, 173 subyekt “bankrot” deb topildi.
Beruniy tumanlararo iqtisodiy sudi tomonidan ushbu davrda ishlarni ko‘rish paytida aniqlangan qonunbuzarlik holatlari bo‘yicha mansabdor shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998 yil 4-mart kungi “Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning iqtisodiy nochorligi va shartnoma majburiyatlarining bajarilishi uchun mansabdor shaxslarning javobgarligini kuchaytirish to‘g‘risida”gi PF-1938-sonli Farmoniga asosan jami 44 ta sud taʼsir choralari qo‘llanilgan, shundan 7 shaxsga maʼmuriy, 9 shaxsga moddiy, 28 shaxsga intizomiy javobgarlikka tortish to‘g‘risidagi taʼsir choralari qo‘llanildi.
Beruniy tumanlararo iqtisodiy sudiga jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan jami 13 og‘zaki murojaatlar qilingan, shulardan barchasiga tegishli tartibda tushuntirishlar va huquqiy maslahatlar berilgan.
Beruniy tumanlararo iqtisodiy sudiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi orqali 3 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib tegishli tartibda javob berilgan.
Sudyalar tomonidan odil sudlovni amalga oshirish hamda huquqbuzarlik holatlari analizidan kelib chiqib joylarda targ‘ibot ishlari amalga oshirilib kelinmoqda. Ommaviy axborot vositalari orqali jami 257 chiqishlar, shundan televideniyedan 27, radiodan 22, gazetalardan 32 ta, jurnaldan 4 ta, veb sayt va boshqa axborot vositalari orqali 172 ta, chiqishlar amalga oshirilgan. Xalq orasida 241 og‘zaki huquqiy targ‘ibot ishlari olib borildi.
Beruniy tumanlararo iqtisodiy sudi tomonidan odil sudlovni amalga oshirish, sudni «Adolat qo‘rg‘oni»ga aylantirish, xalq bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri, yuzma-yuz ochiq suhbatlarni kengaytirib, ularning muammolarini hal qilishda yaqindan yordam berish orqali buzilgan huquqlarini tiklash bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilab olinib, bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.
Beruniy tumanlararo iqtisodiy sudi raisi: R.Qurbanbayev
Xalq deputatlari Beruniy tuman Kengashining 41-cessiyasi bo'lib o'tdi
Sayyor qabul bo'lib o'tdi
Жорий йилнинг июнь ойида Қобил Дусовнинг фейсбук саҳифасида эълон қилинган маълумотга муносабат.
Besh tashabbus
Aholini ro’yxatga olish bo’yicha o’quv-seminari tashkil qilindi
Kasaba uyushmasining o'quv seminari