16-02-2022 | 19:02
446
Beruniy tumani hokimi Atabek Saparbayev tuman tibbiyot markazida bo'lib, u yerda 5-6 fevral kunlari buyrak ko'chirib o'tkazish murakkab jarrohlik amaliyotini o'tkazgan Qoraqalpog'iston Respublikasi Kegeyli tumani va Xorazm viloyatidan kelgan ayni kunlarda muolaja olayotgan bemorlarning holidan xabar oldi.
Akademik V.Vohidov nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi shifokorlaridan iborat jamoa O'zbekiston miqyosida bunday jarrohlik amaliyotini birinchi marotaba, tumanlar ichida Beruniyda amalga oshirgan bo'lib, jarrohlikdan keyingi bemorlarning holati juda yaxshi ekanligini tekshiruvlar natijasi yaqqol namoyon etdi.
Bundan tashqari tuman hokimi jarrohlik bo'limidagi shart-sharoitlar bilan ham tanishdi. Tibbiyot birlashmasining moddiy texnik bazasini mustahkamlash borasida birlashmaning yetuk mutahasisslari bilan kelishib oldi. Murakkab jarrohlik amaliyoti har oyda yurak yetishmovchiligi va buyrak transplantatsiyasi bo'yicha amalga oshirilishi, bunday amaliyotlarga poytaxtdan shifokorlarni jalb etish va mahalliy shifokorlarga amliy tajribalarni o'rgatish bo'yicha ham o'zaro kelishildi. 🟢 Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
Xalq deputatlari Beruniy tuman Kengashining 41-cessiyasi bo'lib o'tdi
Sayyor qabul bo'lib o'tdi
Жорий йилнинг июнь ойида Қобил Дусовнинг фейсбук саҳифасида эълон қилинган маълумотга муносабат.
Besh tashabbus
Aholini ro’yxatga olish bo’yicha o’quv-seminari tashkil qilindi
Kasaba uyushmasining o'quv seminari