“Ayollar daftari”ni shakllantirish bo'yicha o'quv seminari tashkil etildi

27-01-2022 | 22:05

424

Beruniy tumani hokimligi majlislar zalida tuman hokimi A.Saparbaev, Qoraqalpog'iston Respublikasi Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash vazirining 1-o'rinbosari M.Axmedova, sektor rahbarlari, kotiblari, deputatlar, mahalla va ovul fuqarolar yig'ini raislari, o'rinbosarlari hamda tegishli tashkilotlar vakillari ishtirokida seminar bo'lib o'tdi. 

Seminarda M.Axmedova 2021 yil davomida tumanda sodir etilgan salbiy ko'rsatkichlar, jumladan o'z joniga qasd qilish, oilaviy ajrimlar, xotin-qizlar o'rtasida sodir etilgan jinoyatlar va ularni bartaraf qilish masalalari bo'yicha  so'z yuritdi. Shuningdek, "Ayollar daftari”ning 3-bosqichida daftarga kiritiladigan ehtiyojmand xotin-qizlarni aniqlashda ahamiyatli bo'lib hisoblangan anketa-so'rovnomalarini to'liq to'ldirish orqali ularning muammolarini  o'rganish lozimligi haqida slayd orqali keng turda tushunchalar berdi. Xatlov natijasida tumanda “Ayollar daftari”ga kiritilishi lozim bo'lgan xotin-qizlarga belgilangan 6 toifa bo'yichaberiladigan yordamlar haqida ham aytib o'tdi.   

Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati