22-01-2022 | 10:57
850
Davlatimiz Rahbarining xotin-qizlarning muammolarini o'rganish va bartaraf etish ishlarini tashkil etish, "Ayollar daftari" bilan ishlash tizimiga oid topshiriqlari ijrosini o'z vaqtida va samarali ta'minlash maqsadida tumanimizda davlat va jamoat tashkilotlari vakillaridan iborat ishchi guruhlar tuzildi
- "Ayollar daftari"ga kiritiladigan xotin-kizlarning ehtiyojmandlik darajasi (toifalar) soni 3 taga qisqartirilib, jami 6 ta etib belgilanganligi,
- Jumladan:
1-toifa: ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz xotin-kizlar (bandligi ta'minlanmagan, ishlash istagida bo'lgan, daromad manbaiga ega bo'lmagan ehtiyojmand xotin-qizlar);
2-toifa: tadbirkorlik qilish istagida bo'lgan ehtiyojmand xotin-kizlar (bandligi ta'minlanmagan, tadbirkorlik qilish istagida bo'lgan ehtiyojmand xotin-kizlar);
3-toifa: boquvchisi bo'lmagan ehtiyojmand xotin-qizlar (boquvchisi vafot etgan yoki jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan yohud ruhiy kasallikka chalingan, I-II gurux nogironligi bo'lgan, shuningdek boquvchisi bedarak yo'qolgan hamda nikohi bekor kilingan ehtiyojmand xotin-kizlar hamda FXDYO organlarining ma'lumotnomasi asosida yolg'iz ayollar);
4 -toifa: ijtimoiy yordamga muxtoj I va II gurux nogironligi bo'lgan xotin-qizlar (mehnatga layokatsiz, o'zgalar parvarishiga muhtoj xotin- qizlar);
5-toifa: uy-joyga muhtoj ehtiyojmand xotin-kizlar.Jumladan, noturar joylarda istiqomat qilayotganlar, ya'ni ma'muriy binolar, yerto'lalar va istiqomat qilish maqsadlariga mo'ljallanmagan boshqa binolarda yashayotganlar, doimiy yashash uchun turar joyi bo'lmaganlar, turar joyida yashash uchun sharoiti bo'lmaganlar, bir xonadonda (kichik hovlida) 3 va undan ortik oila bo'lib yashayotgan, biroq o'zining yoki birgalikda yashovchi oila a'zolarining nomida turar joy mavjud bo'lmagan ehtiyojmand xotin-qizlar;
6-toifa: qaramog'ida nogironligi bo'lgan farzandi mavjud ehtiyojmand xotin-qizlar (nogironligi bo'lgan farzandini parvarishlayotgan ehtiyojmand xotin-qizlar).
Bugungi kunda Beruniy tumanida barcha mahallalarda xonadonma-xonadon yurib, 30 va undan katta yoshdagi xotin-qizlar bilan muloqotlar o'tkazib hamda anketa-so'rovnomalarni to'ldirish orqali ularning muammolari o'rganilmoqda
Ayollar daftariga “Temir daftar”ga kiritilgan oilalardagi xotin-qizlar va farzandi "Yoshlar daftari”ga kiritilgan ayollar kiritilmaydi;
- ilgari "Ayollar daftari”ning 1-2-bosqichlarida 1-toifaga kiritilgan hamda doimiy ish o'rni bilan ta'minlangan va tadbirkorlik faoliyatini yo'lga qo'ygan xotin-qizlargina "Ayollar daftari”ning 3-bosqichiga kiritilmaydi;
- "Ijtimoiy himoya yagona reestri" axborot tizimiga kiritilgan oilalardagi xotin-qizlar "Ayollar daftari"ning 1-toifasi ya'ni, ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz xotin-qizlar, 2-toifasi ya'ni tadbirkorlik qilish istagida bo'lgan ehtiyojmand xotin-qizlar, 5-toifasi ya'ni uy-joyga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar kiritilishi mumkin.
Fotolarda Beruniy tumani Sarkop OFY dagi xatlov jarayonlaridan lavhalar keltirilgan.
Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
Xalq deputatlari Beruniy tuman Kengashining 41-cessiyasi bo'lib o'tdi
Sayyor qabul bo'lib o'tdi
Жорий йилнинг июнь ойида Қобил Дусовнинг фейсбук саҳифасида эълон қилинган маълумотга муносабат.
Besh tashabbus
Aholini ro’yxatga olish bo’yicha o’quv-seminari tashkil qilindi
Kasaba uyushmasining o'quv seminari