Atrof-muhitni asrashga o'z hissasini qo'shib

10-02-2022 | 11:49

470

Yashil makon umumilliy harakati loyihasi xalqimizning birdamligi va tabiatga munosabatini qolaversa ekologik holatni saqlashga intilayotganligi bilan katta ahamiyatga ega.

 

Beruniy tumanida 2021 yil kuz va 2022 yil bahor mavsumlarida 1 mln. 68 ming dona manzarali, mevali daraxt va butalar ko'chatlarini ekish belgilandi. Shunga ko'ra, 2021 yilning noyabr-dekabr oylarida 531 ming 771 dona manzarali va mevali daraxt ko'chatlari ekildi.

 

O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Orolbo'yi mintaqasini rivojlantirish masalalari qo'mitasi raisi o'rinbosari, senator Botir Matmuratov va O'zXDPartiyasining Qoraqalpog'iston Respublikasi Kengashi raisi Xalilla Yeshimbetov bu jarayonda ham faol ishtirok etdi. Tumandagi fermer ho'jaligi yerlariga mevali daraxt ko'chatlarini yaxshi niyatlar bilan ekdi. Orolbo'yi mintaqalarida olib borilayotgan ko'kalamzorlashtirish tadbirlariga senator barchani birdek ishtirok etishga chaqirdi.

 

 Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati