Aholini ro’yxatga olish bo’yicha o’quv-seminari tashkil qilindi

05-08-2022 | 10:37

1461

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi “O’zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro’yhatga olishga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 710-sonli qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida, Beruniy tumani aholini ro’yhatga olish bo’limida Registrotor (uy-joylar ro’yxatini tuzuvchi) ishchi hodimlarni o’qitish, bilim va ko’nikmalarini yanada oshirish bo’yicha o’quv seminari bo’lib o’tdi.

Seminarda yangidan tayinlangan uy-joylar ro’yhatini tuzuvchi ishchi hodimlarning vazifasi, ish yuritish tartibi jarayonlaridagi mas’ulyatini yanada oshirish, shuningdek, hududlarning sxematik rejasiga aniqlik kiritish bo’yicha, natiyjali ishlar olib borilishi haqida tushuntirish ishlari olib borildi.