Aholini qiynab kelayotgan masalalar hal etildimi?

18-05-2023 | 17:47

808

Aholi bilan sayyor qabullarning hududlarda o'tkazilishi, shu yerdagi muammolarni joyiga chiqqan holda o'rganish imkonini shu bilan bir vaqtda boshqada murojaatlarga ham etibor qaratish lozimligini bildiradi. Bugun xalq nima deydi, ularning qanday murojaatlari bor? Beruniy tumani hokimi A.X.Saparbayev 1-sektor hududi Nayman mahalla fuqarolar yig'inida sayyor qabul o'tkazdi. Qabul davomida fuqarolardan turli masalalarda murojaatlar kelib tushdi.

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-sentyabr kungi “Qoraqalpog'iston Respublikasi hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, qulay biznes muhitini yaratish, innovatsion texnologiyalarini joriy etish va infratuzilmalar bilan ta'minlanganlik darajasini yanada yaxshilash orqali aholi farovonligini oshirishning qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida”gi 500-sonli Qaroriga asosan 2023-yil jami 3 mlrd. 898 mln. so'mlik 33 km ichki yo'llarni shag'allashtirish belgilangan. Shunga qo'shimcha ravishda 16 ta mahallada 68 kilometrdan ortiq tuproq yo'llarga qum-shag'al aralashmasi yotqizilishi belgilangan. Jami 101 kilometr ichki tuproq yo'llarga to'liq qum-shag'al aralashmasi to'kilib, holati yaxshilanadi. Nayman mahalla fuqarolar yig'inida ham 10.5 km ichki ko'chalarda qum-shag'al aralashmasi to'kish ishlari olib borilmoqda. Uy-joy kadastr hujjatlarini to'g'irlash uchun amaliy yordam so'ragan, shuningdek, hududdagi ko'prikni ta'mirlab berish bo'yicha murojaatlar kelib tushdi. Motoroller orqali o'z ishini boshlamoqchi bo'lgan fuqaroning murojaati shu yerning o'zida ijobiy hal qilindi. Yana bir fuqaroning murojaati uyiga borgan holda o'rganildi.