#Aholi murojaatlarini o'rganish jarayonida

03-06-2022 | 10:53

505

#Fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlarni joyiga chiqqan holda o'rganish, har bir muammoli masalani o'z vaqtida hal qilish hukumat rahbarlarining oldida turgan eng dolzarb vazifa hisoblanadi.

 

 #Kuni kecha Qoraqalpog'iston Respublikasi Prokurori o'rinbosari YE.T.Kaipbergenov Beruniy tumani 2-sektor hududi O'.Jumaniyazov mahallasida sayyor qabul o'tkazdi.

 

#Tuman hokimi A.Saparbayev, sektor rahbarlari, Xalq qabulxonasi hamda tegishli korxona-tashkilotlar ishtirokida bo'lib o'tgan qabul davomida jami 12 ta murojaat kelib tushdi. Fuqarolar tomonidan kelib tushgan murojaatlarga huquqiy tushuntirish berildi. Shuningdek, murojaatlar tegishli tartibda nazoratga olindi.