Aholi farovonligi yo'lida

18-02-2022 | 22:01

458

Toshkent viloyati Quyi-Chirchiq tumanidan “Azamat Azizbek Faxriddinovich” MCHJ tadbirkori tomonidan Beruniy tumani 1-sektor hududidagi Beruniy ovul fuqarolar yig'inida aholi xonadonlariga shartnoma asosida arzon narxlarda jo'jalar tarqatildi. 

Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash bo'limi boshlig'i J.Shamuratov, hududdagi hokim yordamchisi A.Seytkamalov 5 mingdan ortiq jo'jalarni xonadonlarga tarqatdi. Bundan asosiy maqsad parrandachilik sohasini yanada rivojlantirish, tuxum yo'nalishidagi parrandachilik fermer ho'jaliklarini ko'paytirish va aholi daromadlarini oshirishdan iborat. Parranda go'shti va tuxum eng ko'p iste'moldagi mahsulotlar hisoblanadi. Shu sababdan xonadonlarda bu yo'nalishni ko'paytirish ichki bozordagi parranda mahsulotlarining arzon bo'lishini ta'minlaydi.                                                                        🟢 Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati