13-05-2023 | 18:49
534
Har haftaning juma kuni 1-sektor shtabida Beruniy tumani hokimi A.X.Saparbayevning aholini qiynab kelayotgan masalalari bo'yicha ommaviy tarzda qabuli bo'lib o'tadi. Qabul davomida hokim o'rinbosarlari, korxona-tashkilot rahbarlari, shuningdek, mahalla to'rtligi ishtirok etdi.
Fuqarolardan turli mazmundagi murojaatlar kelib tushdi. Kasalligi sabab tibbiy davolanish uchun yordam so'ragan fuqarolarning sharoiti va tibbiy xulosalari o'rganiladigan bo'ldi. Bundan tashqari tadbirkorlik boshlash istagidagi va uy-joy olish istagida subsidiya bo'yicha murojaat qilgan fuqarolarga tushuntirishlar berildi. Nafaqani qayta hisoblash bo'yicha yo'llangan murojaat nazoratga olindi. Aholidan kelib tushayotgan murojaatlar joyiga chiqqan holda o'rganilib, tegishli xulosalar chiqariladi. Bu esa xalqimizning davlat idoralariga bo'lgan ishonchini yanada mustahkamlaydi.
Xalq deputatlari Beruniy tuman Kengashining 41-cessiyasi bo'lib o'tdi
Sayyor qabul bo'lib o'tdi
Жорий йилнинг июнь ойида Қобил Дусовнинг фейсбук саҳифасида эълон қилинган маълумотга муносабат.
Besh tashabbus
Aholini ro’yxatga olish bo’yicha o’quv-seminari tashkil qilindi
Kasaba uyushmasining o'quv seminari