📌Afg'onistonda urush harakatlarining tugatilganiga 33 yil to'lishi munosabati bilan

15-02-2022 | 22:50

290

🔻Afg'oniston diyorida diniy ekstremizm va xalqaro terrorizmga qarshi urush harakatlarining tugatilganligining 33 yilligi munosabati bilan Beruniy tumani hokimligi tomonidan tashkil etilgan bayram dasturxonida, bir piyola choy ustida do'stu birodarlar o'tgan kunlarni esga olib, bugungi tinchlik kunlariga shukronalar aytdi. 

🔻Tuman hokimining bayram tabrigini hokim o'rinbosari Alisher Qurbaniyazov o'qib eshittirdi va barchani bayram bilan tabrikladi. Tarixni orqaga qaytarib bo'lmaydi ammo, kelajakda tarixni takrorlamaslikni bugun yoshlarimizga uqtirishimiz lozimdir. Bayram tadbiri ko'tarinki ruxda tuman madaniyat bo'limi xonandalarining kuy-qo'shiqlari bilan davom etdi. Tadbirda ishtirok etolmagan safdoshlarini tabriklab, bir guruh bayram ishtirokchilari sovg'alar bilan xonadonlarga tashrif buyurdi.         

 👉Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring