28-02-2023 | 22:15
405
Abu Rayxon Beruniy tavalludiga 1050 yil to'lishi munosabati bilan tumandagi ta'lim muassasalarida targ'ibot tadbirlari keng turda o'tkazilmoqda.
Qomusiy olim, dunyo tamadduniga o'zining munosib hissasini qo'shgan, 160 dan ortiq asarlar muallifi Abu Rayxon Beruniy tavalludining 2023-yilda 1050 yilligi keng turda nishonlanishi belgilangan. Mazkur sana munosabati bilan joylarda turli ma'naviy-ma'rifiy targ'ibot tadbirlari o'tkazilmoqda. Olim tug'ilib o'sgan yurt, qadimgi Kat shaxri hozirgi Beruniy tumanida tarixiy madaniy meros ob'ektlari saqlanib qolgan bo'lib, shulardan Al-Fir qal'asi haqida Abu Rayxon Beruniy o'z asarlarida yozib qoldirgan.
Beruniy fanning deyarli hamma sohalari bilan shug‘ullandi. Sharqning boy fan va madaniyatini puxta o‘rganib, yunon ilmi bilan ham chuqur tanishib, yirik olim bo‘lib yetishdi. Beruniy shoir, adabiyotshunos ham edi. Ona tilidan tashqari arab, sug‘diy, fors, suryoniy, yunon va qadimiy yahudiy tillarini egalladi. Keyinchalik, Hindistonda sanskrit tilini o‘rgandi. O‘z ilmiy asarlaridan birida yozishicha, Beruniy Xorazmda yashagan davrida 990 yildan Kot shahrida muhim astronomik kuzatishlar o‘tkazgan. Bu kuzatishlar uchun o‘zi astronomik asboblar ixtiro qilgan.
Mana shunday buyuk ajdodlarimizning boy ma’naviy me’rosini jajji avlodlarimiz ongiga chuqur singdirish maqsadida Beruniy tumani 56-sonli Maktabgacha ta’lim tashkilotida ,,Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1050 yilligi’’ga bag’ishlangan “Biz Beruniy avlodimiz” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo’lib o’tdi.
56-sonli DMTT tashkilot direktori Maqsuda Soburova tashkilot pedogoglari va maktabga tayyorlov guruh tarbiyalanuvchilari ishtirokida tadbir kechasi o’tkazildi. Tadbirda Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi Beruniy tuman bo’linmasi rahbari Pardagul Razzakova va Beruniy tuman maktabgacha ta’lim bo’limi Ta’lim tarbiya sifatini ta’minlash va metodik xizmatini tashkil etish metodisti Gulsanam Allaniyozova ishtirok etdi.
Xalq deputatlari Beruniy tuman Kengashining 41-cessiyasi bo'lib o'tdi
Sayyor qabul bo'lib o'tdi
Жорий йилнинг июнь ойида Қобил Дусовнинг фейсбук саҳифасида эълон қилинган маълумотга муносабат.
Besh tashabbus
Aholini ro’yxatga olish bo’yicha o’quv-seminari tashkil qilindi
Kasaba uyushmasining o'quv seminari