28 sentyabr – Butun Jahon quturishga qarshi kurash kuni

28-09-2022 | 11:53

508

Jahon Sog'liqni saqlash tashkiloti va Xalqaro epizootik byurosi tomonidan 28 sentyabr – Butun

Jahon quturishga qarshi kurash kuni deb e'lon qilingan.

  • Dunyo bo'yicha har yili 50 mingdan ortiq odam va 1mln.ga yaqin hayvonlar quturish

kasalligiga chalinadi

  • Respublikada har yili o'rtacha 3 - 5 nafar odam quturish (gidrofobiya) kasalligidan

vafot etadi va  25 – 30 bosh hayvonlar quturish kasalligiga chalinadi     

  • Respublika bo'yicha har yili o'rtacha  50 -55 -mingta  odam     

       hayvonlar tishlashidan jabrlanib, quturishga qarshi  emlanadi

  • Respublikada emlash uchun har yili o'rtacha 2,5 – 3,0 mlrd. so'm   mablag' sarflanadi

Quturish hayvon va odamlarda uchraydigan o'tkir yuqumli kasallik bo'lib, uni nerv tizimini 

shikastlantiruvchi viruslar qo'zg'atadi. Viruslar ko'plab miqdorda quturish kasalligiga chalingan

hayvonlarning so'lagi bilan tashqi muhitga ajraladi. So'lakda viruslar kasallikning yashirin

ya'ni, kasallik belgilari yuzaga chiqmagan davridan mavjud bo'ladi. Quturish kasalligiga

chalingan it, mushuk, kalamush, bo'ri, chiyabo'ri, bo'rsiqlar kasallikning asosiy manbai

hisoblanadi.

 

Quturish kasalligi qanday yuqadi?

Kasallik odamga va hayvonlarga quturish kasalligiga chalingan hayvonlarning tishlashi,

so'lagining tegishi va tirnashi natijasida yuqadi.

 

Kasallik qanday belgilar bilan kechadi?

Odamga kasallikning yashirin davri o'rtacha 10-14 kun, ba'zida 1 yilgacha va undan ko'proq ham

davom etishi mumkin. Dastlab tishlangan joy qichiydi, tortishib og'riydi, bitgan jarohat va

chandiq takroran yallig'lanishi mumkin. Bemor tushkunlikka tushadi, odamlar bilan muloqot

qilishdan qochadi, uyqusi buzilib, ishtahasi bo'g'iladi. Unda qo'rquv hissi paydo bo'ladi,

kayfiyati o'zgarib turadi.

Kasallikning qo'zg'alish ya'ni, avj olish davrida, bemorning tana harorati ko'tariladi, suvdan,

havo (shamol)dan, yoruqlikdan, tovushdan qo'rqish alomatlari paydo bo'ladi. Bemorning ovozi

bo'g'iladi, terlaydi, so'lagi oqadi, tomirning tez-tez urishi davom etadi, nafas olishi

buziladi. Musqullarni tortishishi nafas va yutinish musqullaridan boshlanib, keyin hamma

musqullarga tarqaladi. Es-xushi kirarli-chiqarli bo'lib qoladi, keyinchalik bemorning ko'ziga

yo'q narsalar ko'rinadi (gallyutsinatsiya), u alahsiraydi.

Shundan keyin musqullarning falaji boshlanadi. Bemor kasallik boshlanganidan 4-6 kundan keyin

vafot etadi. Kasallik 100% o'lim bilan tugaydi.

Quturish kasalligi hayvon tishlaganda, tirnaganda yoki so'lagi tekkanda, zudlik bilan tibbiy

yordamga murajaat qilish va quturish kasalligiga qarshi emlashni o'z vaqtida, shifokor tavsiyasiga

qat'iyan rioya qilgan holda olish, kasallikni oldini olishning oltin qoidasi ekanligini

 

UNUTMANG, UNUTMANG VA YANA UNUTMANG!!!

Quturish kasalligini oldini olish uchun

  • Uy hayvonlarini, ayniqsa itlarni bog'langan holda saqlang. Ularni qarovsiz qoldirmang.

Begona it va mushuklar bilan muloqot qilmang! Daydi it va mushuklarni yukotish buyicha Beruniy

tumani Obodonlashtirish bulimiga murojat kiling: tel (+99861) 524-48-63; 524-43-60.

  • Hayvonlarni quturishga qarshi o'z vaqtida emlatib, veterinar ko'rigidan o'tkazing!

Veterinariya bulimiga murojat kiling: tel (+99861) 524-22-85.

  • Qarovsiz daydi it va mushuklarning paydo bo'lishiga zinhor yo'l qo'ymang!
  • Farzandlaringizga qarovsiz va kasal itlar bilan muloqot qilmaslik kerakligini quturish

kasalligi hayvonlarning tishlashi, tirnashi, shuningdek so'lagining tegishi natijasida ham yuqishi

mumkinligini muntazam eslatib turing!

  • Hayvonlarni parvarishlash madaniyatiga rioya qiling va boshqalarni ham shunga o'rgating.
  • Agar bordi-yu it (mushuk) tishlasa, so'lagi tegsa yoki tirnasa jarohatning katta

kichikligidan qat'iy nazar, zudlik bilan shifokorga murojaat qilish SHART!

 

Beruniy tumani Sanitariya epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo'limi.