#27-iyun mamlakatimizda “Matbuot va ommaviy axborot vositalari kuni” sifataida keng nishonlanadi.

26-06-2022 | 20:00

458

#O'zbekistonda so'z erkinligi matbuot sohasiga berilgan e'tibor sabab, so'ngi uch yil ichida ko'plab yangi o'zgarishlar sodir bo'ldi. Albatta, bularning barchasi Inson qadrini ulug'lash kabi ezgu g'oyaning amalda yorqin  nomoyon bo'layotganidan darak beradi.

 

#Biz jamiyatimizda oshkoralik, adolat va qonun ustuvorligini ta'minlashda, huquqiy demokratik davlat asoslarini mustahkamlashda ommoviy axborot vositalariga va shu soha vakillarining bilim va iste'dodiga tayanamiz. Mamlakatimizda olib borilayotgan odilona va xalqparvar siyosatni targ'ib etadigan qalam ahlining O'zbekiston taraqqiyotidagi ulushi salmoqli, sharafli xizmatlari esa samimiy ehtiromga loyiq.

 

#So'nggi yillarda  ommaviy axborot vositalari turli yo'nalishlarda o'z iqtidorini nomoyon qilib, iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish bilan birga dolzarb mavzu va masalalarning keng yoritilishiga hissa qo'shmoqda.

 

#Bayram munosabati bilan Beruniy tumanidagi bir guruh matbuot yo’nalishida xizmat qilayotgan soha hodimlari, faxriylar va yosh jurnalistlar taqdirlandi. Tuman hokimi A.Saparbayev OAV va matbuot sohasiga berilgan e'tibor natijasida, ochiqlik va oshkoralik hayotimizning bir qismiga aylanib, aholi murojaatlarining ijobiy hal qilinishida ham o'z o'rniga ega bo'ldi deb ta'kidlab o'tdi. Aytib o'tish joizki sohaga yosh kadrlarning kirib kelishi, bu yo'nalishda yangiliklarning tezkor va zamonaviy ko'rinishda yetkazib berilishini ta'minlamoqda.

Bayramingiz muborak bo'lsin matbuot va ommaviy axborot vositalari hodimlari.