O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “ Byudjet ma'lumotlarining ochiqligini va byudjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta'minlash chora-tadbirlari to'g'risida” 2018 yil 22 avgustdagi PQ-3917-sonli hamda “Byudjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta'minlash bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi 2021 yil 13 apreldagi PQ-5072-sonli qarorlari ijrosi ta'minlash maqsadida, “Fuqarolar tashabbusi jamg'armasi” mablag'lari hisobidan, joriy yil 05 martdan 31 aprelgacha bo'lgan muddat davomida Beruniy tumanida “Ochiq byudjet” axborot portali orqali eng ko'p ovoz to'plagan 10 ta takliflarga jami 6515,0 mlrd so'm “fuqarolar tashabbusi jamg'armasi”dan mablag' ajratilishi rejalashtirilgan.
Quyida g'olib loyihalar bilan tanishtiramiz.
- Beruniy tuman Xalq ta'limi bo'limiga qarashli №36-sonli o'rta ta'lim maktabining oshxona qurish, maktab yon atrofini panjara (zavur) bilan o'rash shuningdek kumir zaxirasini saqlash uchun omborxona qurish (taklif ID raqami 0120400146) xarajatlari uchun 750,0 mln (Yetti yuz ellik million) so'm,
- Beruniy tuman Davlat maktabgacha ta'lim bo'limiga qarashli №7-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotiga gilam va tushamchalar bilan jixozlash (taklif ID raqami 0120400500) xarajatlari uchun 73,5 mln (Yetmish uch million besh yuz) so'm
- Beruniy tuman “Oltinsoy” ovul fuqarolar yig'inidagi 13 km ichki yullarga SHPST tushash (taklif ID raqami 0120400089) xarajatlari uchun 950 mln (Tuqqiz yuz ellik million) so'm,
- Beruniy tuman Xalq ta'limi bo'limiga qarashli №13-sonli o'rta ta'lim maktabga sinf xonalari qurish va ta'mirlash (taklif ID raqami 0120400190) xarajatlari uchun 900,0 mln (Tuqqiz yuz million) so'm,
- Beruniy tuman Davlat maktabgacha ta'lim bo'limiga qarashli №10-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotiga gilam va tushamchalar bilan jixozlash (taklif ID raqami 0120400547) xarajatlari uchun 105,0 mln (Bir yuz besh million) so'm,
- Beruniy tuman Xalq ta'limi bo'limiga qarashli №52-sonli o'rta ta'lim maktabining ta'mirlash (taklif ID raqami 0120400532) xarajatlari uchun 1000,0 mlrd (Bir miliord) so'm,
- Beruniy tuman Xalq ta'limi bo'limiga qarashli №63-sonli o'rta ta'lim maktabining atrofini tusik bilan o'rash va ta'mirlash (taklif ID raqami 0120400481) xarajatlari uchun 985,0 mln (Tuqqiz yuz sakson besh million) so'm,
- Beruniy tuman Xalq ta'limi bo'limiga qarashli №29-sonli o'rta ta'lim maktabining ta'mirlash (taklif ID raqami 0120400059) xarajatlari uchun 200,0 mln (Ikki yuz million) so'm,
- Beruniy tuman “Mustakillik” maxalla fuqarolar yig'ini Dustlik azoli manzilidagi 1.5 km ichki yulni asfalt qilish (taklif ID raqami 0120400008) xarajatlari uchun 900 mln (Tuqqiz yuz million) so'm,
- Beruniy tuman “Lolazor” maxalla fuqarolar yig'ini 10 km ichki yullarga SHPST tushasha (taklif ID raqami 0120400041) xarajatlari uchun jami 900 mln (Tuqqiz yuz million) so'm bo'lib shundan 425,6 mln so'm fuqarolar tashabbusi jamg'armasidan mablag'lar ajratilshi rejalashtirilgan.