2021 yil “Tashabbusli byudjet” orqali Beruniy tumanida amalga oshirilgan ishlar

25-04-2022 | 21:35

474

“Byudjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta'minlash bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi 2021 yil 13-apreldagi PQ-5072-son qarori ijrosini ta'minlash maqsadida “Fuqarolar tashabbusli jamg'armasi” mablag'lari hisobidan 2021 yil 13-avgustdan, 2-sentyabrgacha Beruniy tumanida o'tkazilgan “Ochiq byudjet” axborot portali orqali eng ko'p ovoz to'plagan 11 ta taklif, Xalq deputatlari Beruniy tuman Kengashi tomonidan ma'qqulanib, 1 mlrd 413 million so'm ajratilagan mablag'lar tasdiqlandi.

Quyidagilar tashabbusli byudjetda g'olib deb topildi

 

1.Mustaqillik MFY Do'stlik aholi manzilidagi 2 km ichki tuproq yo'lga qum-shag'al (SHPS)aralashmasi to'kish (90 million so'm)

 

2.Beruniy tumani XTB ga qarashli 28-umumiy o'rta ta'lim maktabi sport zalining polini ta'mirlash (95 million so'm)

 

3.Mustaqillik MFY Tinchlik aholi manzilidagi Mulla ko'chasiga tungi yoritqichlar o'rnatish (20 million so'm)

 

4.Bo'ston MFY Toj mahal ko'chasidagi piyodalar yo'lakchasiga beton qoplama yotqizish ishlari (300 million)

 

5.Xorazm MFY Shayx Abbos Valiy ko'chasidagi 2 kilometr piyodalar yo'lakchasini qurish (220 million)

 

6.Mustaqillik MFY Do'stlik aholi manzilidagi Xo'ja ovul ko'chasini asfalt qilish ishlariga (200 million so'm)

 

7.Mustaqillik MFY Do'stlik aholi manzili Yangibuloq ko'chasiga transformator o'rnatish (60 million so'm)

 

8.Beruniy tumani To'qimachi MFY To'rtkul Shox ko'chasidagi ko'p qavatli uyning tom qismini ta'mirlash (150 million so'm)

 

9.Shabboz OFY Qurbog' aholi manziliga optik tolali internet tarmog'i tortish (100 million so'm)

 

10.Beruniy tumani Xorazm MFY hududida joylashgan 5-A ko'p qavatli uyning tom qismini ta'mirlash (150 million)

 

11.Lolazor MFY Taraqqiyot aholi manzilidagi yo'lni ta'mirlash (28 million so'm)

 

Mazkur ma'lumotlar 2021 yilda tashabbusli byudjet orqali ajratilib, sarflangan mablag'lar va bajarilgan ishlar hisoblanadi. 2022 yilda ham ochiq byudjet asosida bunday amaliy ishlar davom etadi.