29-06-2022 | 17:27
487
Mamlakatimizda 30-iyun “Yoshlar kuni” keng nishonlanadi. Ushbu kun munosabati bilan Beruniy tumanida sektor rahbarlarining hududlarda yoshlar bilan uchrashuvlari hamda ochiq muloqotlari bo'lib o'tmoqda. Beruniy tumani 2-sektor hududi Navoiy ovul fuqarolar yig'ini madaniyat markazida bo'lib o'tgan “2-sektor rahbari va bitiruvchi yoshlar uchrashuvi” ning maqsadi, bitiruvchi yoshlarga sektor rahbarining murojaatini yo'llash bo'ldi.
Umuman bugungi yoshlarning dunyoqarashi o'zgacha, zamon bilan hamnafas. Kasb-hunarga intilishi, bilimga chanqoqligi bilan ajralib turadi. Tuman prokurori 2-sektor rahbari M.Atadjanov o'z so'zida Besh tashabbus olimpiadasi doirasida, 9 ta sport musobaqalari (mini futbol va futbol, voleybol, stritbol, street vorkout, shaxmat-shashka, stol tennisi, yengil atletika), kibersport, “Mushoira”, “Yosh kitobxon oila”, “Zakovat”, “Zukko kitobxon”, “Quvnoqlar va zukkolar” tanlovlarining mahalla va sektor bosqichlari tashkil etilib, 32 ming nafar yoshlar qamrab olindi. Undan tashqari sport turlari bo'yicha sektor rahbarlari kuboklari tashkil etildi.
Beruniy tumani “Yoshlar daftari” jamg'armasi hisobidan 644.7 mln. so'm miqdorda mablag'lar shakllantirildi.
Ushbu mablag'lar hisobidan “Yoshlar daftari”dagi 175 nafar yoshlarga 606,7 mln. so'm miqdordagi amaliy ko'mak ko'rsatildi.
“Yoshlar daftari” orqali ishsiz va ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarni qo'llab-quvvatlash bo'yicha chora-tadbirlar yil davomida tizimli ravishda amalga oshirib boriladi deya ta'kidlab o'tdi. 2-sektor hududidagi 10 ta mahalla va ovul fuqarolar yig'inida 10 872 nafar yoshlar istiqomat qiladi, bugungi kun holatiga 329 nafar yoshlar “Yoshlar daftari” platformasiga onlayn ariza berish orqali ro'yxatdan o'tgan. “Yoshlar daftari” ga ro'yxatga olingan yoshlarning 263 nafariga yordamlar ko'rsatilgan. Bugungi kunda 329.6 mln so'mlik yordam ko'rsatildi. Shundan 18 nafariga 66.7 mln so'm kontrakt mablag'lari va 37.8 operasiya pullari to'lab berilgan.
Xalq deputatlari Beruniy tuman Kengashining 41-cessiyasi bo'lib o'tdi
Sayyor qabul bo'lib o'tdi
Жорий йилнинг июнь ойида Қобил Дусовнинг фейсбук саҳифасида эълон қилинган маълумотга муносабат.
Besh tashabbus
Aholini ro’yxatga olish bo’yicha o’quv-seminari tashkil qilindi
Kasaba uyushmasining o'quv seminari