12-10-2022 | 16:07
417
Ma'lumki, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 1992 yil 22 dekabrdagi 44/236-sonli rezolyutsiyasiga muvofiq, 1990-1999 yillar, ya'ni Xalqaro tabiiy ofatlar havfini kamaytirish o'n yilligi davomida oktyabr oyining ikkinchi chorashanbasi Xalqaro tabiiy ofatlar havfini kamaytirish kuni sifatida nishonlanishi e'lon etildi.
2001 yilning 21 dekabr` kuni Bosh Assambleyasining 56/195-sonli rezolyutsiyasi bilan an'anani davom ettirishga va har yili kunni tabiiy ofatlar havfini kamaytirish madaniyatini shakillantirish, jumladan tabiiy ofatlarning oldini olish, oqibatlarini yumshaltirish va ularga tayyorgarlikni ta'minlash vositasi sifatida nishonlanishga qaror qildi. Shundan boshlab har yili oktyabr` oyining ikkinchi chorshanbasida dunyo hamjamiyati Xalqaro tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish kunini nishonlandi.
2009 yilning 21 dekabr kuni Bosh Assambleyasining 64/200-sonli rezolyutsiyasiga asosan 13-oktyabr Xalqaro tabiiy ofatlar havfini kamaytirish kuni deb e'lon qilindi. Hech bir mamlakat yo'qki, favqulodda vaziyatlardan to'la kafolatlangan bo'lsa. Tabiiy ofatlarning katta kichigi bo'lmaydi, u mavsum tanlamaydi. Ayrim mamlakatlarda jazirama issiq hukum sursa, ba'zi o'lkalarda kutilmaganda sel va suv toshqinlari yuz bermoqda. Qaysi bir davlatda yong'in bo'lsa, boshqasida buning aksi bo'lmoqda. Yer silkinishi, ko'chki hodisalari ham ko'plab kuzatilganidan xabariningiz bor. E'tibor bergan bo'lsangiz joriy yilda ham dunyoning ko'pgina mamlakatlari tabiiy ofatlardan ancha jabir ko'rdi.
Shu boyisdan, Birlashgan millatlar toshkilati Bosh Assambleyasi Xalqaro tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish kunini o'tkazish to'g'risidagi rezolyutsiyasini bejiz qabul qilmagan.Favqulodda vaziyat vaqt va yosh tanlamaydi, deyishadi.Shunday ekan, favqulodda vaziyatlarnin yuz berishiga, xususan, tabiiy ofatlarga tayyor turish, undan muhofazalanish qoidalarini yoshlikdan boshlab o'zlashtirish joyizdir. Shu munosabat bilan 2006 yili boshlangan Xalqaro tabiiy ofatlar havfini kamaytirish “Ofatlar havfini kamaytirish faoliyati maktabdan boshlanadi”, deya bejiz nomlanmagan.
Shuning uchun ham yuz berishi ehtimoli bo'lgan tabiiy ofatlarning oldini olish va bartaraf etish, aholini favqulodda vaziyatlardan ogoh qilish borasida aksariyat davlatlar muhofaza tadbirlar o'tkazib kelinmoqda.Jumladan, mamlakatimizda ham har yili Xalqaro tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish kuni keng nishonlanadi. Zero, respublikamiz maydonining anchagina katta qismi seysmik faol hududda joylashganligi, zilzila, sel va suv toshqinlari, tuproq va qor ko'chkilari, tog'lardan tosh tushishi hodisalari bog'liq tabiiy ofatlar yuz berishi ehtimoli mavjudligi bizdan bu masalaga jiddiy e'tibor qaratishni, doimo xushyor va sergak turishni talab etadi.
Xalq deputatlari Beruniy tuman Kengashining 41-cessiyasi bo'lib o'tdi
Sayyor qabul bo'lib o'tdi
Жорий йилнинг июнь ойида Қобил Дусовнинг фейсбук саҳифасида эълон қилинган маълумотга муносабат.
Besh tashabbus
Aholini ro’yxatga olish bo’yicha o’quv-seminari tashkil qilindi
Kasaba uyushmasining o'quv seminari