Xalqchil tibbiyot va "Salomatlik sayllari" aksiyasi Beruniy tumanida

05-04-2023 | 13:06

652

O’zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirining 2023y 28 –mart  №58 buyrug'iga asosan Beruniy tumanida bosh mutaxassislar va hududiy filial shifokorlari ishtirokidaб «Salomatlik sayillari» aksiyasi o’tkazilishi boshlandi.

2 kun davomida Beruniy tumanida o'tkazilgan “Salomatlik sayli” aksiyasi davomida minglab fuqarolarga kasalliklari bo'yicha tashxis qo'yilibб yo'llanmalar berildi.

Tibbiy yordamga muhtoj fuqarolarga Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlarining malakali mutaxassislari ishtirokida zarur amaliyotlar bajarilmoqda.

Salomatlik sayillari har bir hududda 2 bosqichda:

1- bosqichda aholi ommaviy tibbiy ko'riklarga jalb etiladi.

2- bosqichda yuqori texnologiyali tibbiy yordamga muhtoj fuqarolarda ixtisoslashtirilgan markazlarning malakali mutaxassislari ishtirokida zarur amaliyotlar bajariladi.

Tibbiy ko'rik davomida rentgenб oftolmologiyaб mammografiya ko'chma tibbiy punktlari barcha zamonaviy tibbiy dastgohlar bilan jihozlangan bo'lib, aholi tibbiy tekshiruvlardan o'tkazildi. Bundan tashqari tor doiradagi 18 nafar turli yo'nalishdagi shifokorlar chuqurlashtirilgan tibbiy ko'rikni amalga oshirdi.  Tibbiy ko'rikning 1-kunida tuman markazidagi 10 dan ortiq mahallalar ko'rikdan o'tkazilgan bo'lsa, 2-kunida tuman markazidan olis hududlar Oltinsoy, Biybozor, Beruniy, Qizilqal'a, Do'stlik, Abay OFY va Nayman mahalla fuqarolar yig'ini aholisi tibbiy ko'rikdar o'tkazildi. Mahalliy aholining fikrlarini o'rganar ekanmiz, shaxar markazidagi shifokorlarga borib ko'rinish uchun masofa olislik qilishi hamda moddiy jihatdan yetishmovchiliklar, ayniqsa, bu holat nuroniylar uchun qiyinchilik tug'diradi. Tibbiyotning aholiga yanada yaqinlashtirilishi esa, sohada yengilliklarga, aholining roziligiga sabab bo'ladi. Bugun olis hudud aholisi chuqurlashtirilgan tibbiy ko'rikdan minnatdor ekanligini bildirib o'tdi.