Xalq deputatlari Beruniy tuman Kengashining 67-sessiyasi haqida to'liq ma'lumot

31-05-2023 | 19:14

343

Sessiya kun tartibida 7 ta masala ko'rib chiqildi. Har bir mas'ul axboroti tinglangach deputatlar muzokaraga chiqib o'z fikrlarini bildirdi. Sessiya kun tartibidagi 1-masala

 

  1. Beruniy tumanidagi ijtimoiy soha obektlarining isitish tizimlarini davlat-xususiy sheriklik asosida modernizatsiya qilish va sohaga xususiy investitsiyalarni keng jalb qilish to'g'risida.

Ushbu masala yuzasidan tuman hokimi o'rinbosari Koshanov Qaxramon Maxsudovich ma'lumot berdi.

Sessiya kun tartibidagi ikkinchi masala.

  1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 16 fevraldagi PQ-57-son qarori ijrosi bo'yicha Beruniy tuman aholisi va ijtimoiy soha ob'ektlarini 2023 yilda energiya resurslari bilan barqaror ta'minlash to'g'risida.

Kun tartibidagi ushbu masala yuzasidan tuman hokimi o'rinbosari Koshanov Qaxramon Maxsudovich ma'lumot berdi.

Sessiya kun tartibidagi uchinchi masala.

  1. Beruniy tumanidagi “Og'ir” toifaga kiritilgan yoshlar bilan manzilli ishlash bo'yicha “Yo'l xaritasi”ni tasdiqlash to'g'risida.

Kun tartibidagi ushbu masala yuzasidan Yoshlar ishlari agentligi tuman bo'limi boshlig'i Matyakupov Temur ma'lumot berdi.

Sessiya kun tartibidagi to'rtinchi masala o'tamiz.

  1. Beruniy tumanida 2023-yilning aprel oyi davomida sodir etilgan jinoyatchilik va huquqbuzarliklar hamda ularning oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tuman ichki ishlar bo'limi boshlig'i o'rinbosari jamoat xavfsizligini ta'minlash xizmati boshlig'ining hisoboti to'g'risida.

Kun tartibidagi ushbu masala yuzasidan tuman  ichki ishlar bo'limi boshlig'i o'rinbosari jamoat xavfsizligini ta'minlash xizmati boshlig'i Pishiev Allayar Dadebaevich hisobot berdi.

Sessiya kun tartibidagi beshinchi masala.

  1. Beruniy tumani hududidagi shahar va shaharcha hamda ovullarning ma'muriy-hududiy chegaralarini belgilash to'g'risida.

Kun tartibidagi ushbu masala yuzasidan Kadastr agentligi Beruniy tuman bo'limi boshlig'i Allambergenov Temur Xamzaevich ma'lumot berdi.

 

Sessiya kun tartibidagi oltinchi masala.

  1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o'tkazuvchi uchastka saylov komissiyalari a'zoligiga nomzodlar tavsiya etish to'g'risida.

Kun tartibidagi ushbu masala yuzasidan tuman hokimi Saparbayev Atabek Xudaybergenovich ma'lumot berdi.

Beruniy tumanida 58 ta saylov uchastkasi tashkil qiladi, shundan 566 nafar saylov uchastkasi a'zoligiga Fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish orgalari, muassasalar va tashkilotlar tomonidan nomzodlar taqdim qilingan bo'lib, shundan 58 nafar saylov uchastka raisi, 57 nafar saylov uchastka raisi o'rinbosari, 58 nafari saylov uchastka kotibi 393 nafar saylov uchastka a'zolariga nomzodlar taqdim qilindi ushbu nomzodlarni tasdiqlab berishingizni so'rayman.

 

Sessiya kun tartibidagi yettinchi masala.

  1. O'zbekiston Respublikasi “Byudjet kodeksi”ning 126-moddasi hamda Qoraqalpog'iston Respublikasi Joqorg'i Kengesining 2023-yil 22-maydagi 1202-sonli prezidium qaroriga asosan Beruniy tumani mahalliy byudjetining 2023-yil 1-chorak daromadlar rejasining ortiq bajarilgan qismi hisobidan ajratiladigan mablag'lar to'g'risida.

Kun tartibidagi ushbu masala yuzasidan tuman hokimi Saparbayev Atabek Xudaybergenovich ma'lumot berdi. Qoraqalpog'iston Respublikasi Joqorg'i Kengesining 2023-yil 22-maydagi 1202-sonli prezidium qaroriga asosan Beruniy tumani mahalliy byudjetining 2023-yil 1-chorak daromadlar rejasining ortiq bajarilgan qismi hisobidan;

“Ayollar daftari” jamg'armasiga 55,0  mln so'm,

“Yoshlar daftari” jamg'armasiga 55,0  mln so'm,

“Fuqarolar tashabbusi” jamg'armasiga 110,0  mln so'm,

Bolalarni sog'lomlashtirish va fuqarolar salomatligini tiklashga ko'maklashish jamg'armasiga 37,0  mln so'm,

Qaytariladigan byudjet ssudalari miqdori 108,8 mln so'm mablag'larni yo'naltirishga ruhsat berishingizni so'rayman.

Kun tartibidagi masalalar sessiyada to'liq ko'rib chiqildi va deputatlar o'z mulohazalarini bildirdi.

Sessiya tuman hokimligining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarida to'g'ridan-to'g'ri efirda yoritib borildi.