Uch avlod uchrashuvi bo'lib o'tdi

20-05-2023 | 17:54

906

Beruniy tumani targ'ibot guruhi a'zolari hamda Nuroniy jamoatchilik kengashi bilan birgalikda hududlardagi umumiy o'rta ta'lim maktablarida keksa yoshdagi nuroniylar,o'rta yosh va yoshlar bilan birgalikda “Uch avlod uchrashuvi” tashkil qilinmoqda. Oltinsoy ovul fuqarolar yig'ini hududidagi 58-sonli maktabda o'tkazilgan bu galgi uchrashuvda ham nuroniylar o'zlarining dono pand-nasihatlarini aytib yoshlarni zamonaviy kasb va bilim egallashga chaqirdi. Uchrashuv davomida maktab o'quvchilari tomonidan tayyorlangan sahna ko'rinishlari namoyish etildi.

Oltinsoy ovul fuqarolar yig'ini keksalar maslaxat guruhi raisi Ibragim Djumamuratov Nuroniy jamg'armasi tomonidan tashakkurnoma bilan taqdirlandi.