QAROR VA IJRO Yurtimizda har bir fuqaro yaxshi yashashga xaqli

01-06-2023 | 14:45

600

Mamlakatimizda inson qadrini ulug'lash fuqarolarning yaxshi turmush sharoitida yashashlari uchun ko'plab ishlar amalga oshirilmoqda. Hususan O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 2-fevral kungi 52-sonli qaroriga asosan hamda Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi Raisi ko'rsatmasiga muvofiq,  Beruniy tumanida 1189 ta tom qismi shiferlanadigan xonadonlar aniqlanib, shundan 127 ta og'ir turmush sharoitda yashovchilar hamda 18 ta uyi yaroqsiz holatga kelgan ya'ni buzib quriladigan uylar ishchi guruh tomonidan aniqlandi. 

Sektor rahbarlari bilan birgalikda og'ir turmush sharoitida yashayotgan fuqarolarning uylari alohida nazoratga olindi. Qaror ijrosini ta'minlash maqsadida Beruniy tumanida hozirgi kunda hududlarda 18 ta uylar buzilib, yangidan zamonaviy tipdagi uy-joylarning qurilish ishlari boshlab yuborilgan. Bu ishlar yil oxirigacha davom etadi. Davlatimizda amalga oshirilayotgan har bir ijobiy ishlar bugun barchamizning baxtli hayot kechirishimizga, farovon umrguzaronlik qilishimizga xizmat qiladi.                                                                                         Beruniy tumani hokimligi Axborot xizmati