“Obod va xavfsiz mahalla” tamoyilini hayotga tatbiq etish yuzasidan o'quv seminari bo'lib o'tdi

30-05-2023 | 16:27

374

Qo'shma qarorga asosan “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish mexanizmlarini belgilash borasida hamkor tashkilotlar bilan birga Beruniy tumanida o'quv seminar tashkil etildi.

 

O'quv seminari davomida mahalla beshligi ya'ni mahalla raisi, hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi va profilaktika inspektorlari ishtirok etdi. Mahalla beshligining ish faoliyatidagi o'zaro hamkorligi sabab mahallada obodlik va ishbilarmonlik muhiti hukm suradi. O'quv seminari davomida hamkorlikdagi ishlar, rejalar borasida ham kerakli tushuntirishlar berildi.