12-02-2022 | 22:45
534
Tumanda orginal, elita va keyingi avlodlarga mansub urug’lik paxtaxomashyosi va boshoqli don ekinlari urug’ini yetishtirish bilan shug’ullanuvchi subyektlar rahbarlari diqqatiga!
Joriy yilning 12-fevral kunidan 25-fevral kuniga qadar Beruniy tumani qishloq xo’jaligi bo’limi binosida “2022 yil hosilidan urug’lik paxta yetishtirish huquqini qo’lga kiritish uchun subyektlar o’rtasida tender tanlovi”ga qatnashish bo’yicha hujjatlar qabul qilinadi.
Tanlovda qatnashish istagini bildirgan fermer xo’jaliklar rahbarlari
25 fevralga qadar tuman qishloq xo’jaligi bo’limida tuzilgan tuman ishchi guruhiga quyidagi hujjatlar to’plamini 2 ta nusxada taqdim qilishlari so’raladi.
1. Ishchi guruhi nomiga ariza.
2. Fermer xo’jaligi nomidan tilxat.
3. Tuproq unumdorligi (ball-bonitet) bo’yicha tuman qishloq xo’jaligi bo’limi tomonidan berilgan ma’lumotnoma.
4. Fermer xo’jaligi, uning rahbari va ishchi xodimlari to’g’risida ma’lumotnoma
5. Suv ta’minoti bo’yicha irrigatsiya bo’limi tomonida berilgan ma’lumotnoma.
6. “O’simliklar karantini va himoyasi agentligining tuman bo’limi tomonidan berilgan ma’lumotnoma.
7. Fermer xo’jaligi rahbarining mutaxassisligi va ma’lumoti to’g’risida hujjat (diplom nusxasi).
8. Fermer xo’jaligi rahbarining qishloq xo’jaligi sohasidagi ish stajini tasdiqlovchi hujjatlar (mehnat daftarchasi va boshqa hujjatlar).
9. Fermer xo’jaligida ishlayotgan urug’chi hosilotning ma’lumoti to’g’risidagi hujjat (diplom nusxasi).
10. Majburiyatlardan ozod pul mablag’i to’g’risida tegishli bank tomonidan berilgan ma’lumotnoma.
11. Agroinspeksiyaning tuman bo’limi tomonidan berilgan ma’lumotnoma hamda texpasport nusxasi.
12. Kontraktatsiya shartnomasining bajarilishi bo’yicha tuman “Beruniy Cluster” MCHJ tomonidan berilgan ma’lumotnoma.
13. So’ngi 3 yil ichidagi paxta hosildorligi bo’yicha “Beruniy Cluster” MCHJ tomonidan berilgan ma’lumotnoma.
Hujjatlarni qabul qilish 2022 yilning 25 fevral kuni 18:00 da to’xtatiladi. Qo’shimcha ma’lumotlar uchun: 97 358 18 65 yoki 97 354 74 54 telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin.
Xalq deputatlari Beruniy tuman Kengashining 41-cessiyasi bo'lib o'tdi
Sayyor qabul bo'lib o'tdi
Жорий йилнинг июнь ойида Қобил Дусовнинг фейсбук саҳифасида эълон қилинган маълумотга муносабат.
Besh tashabbus
Aholini ro’yxatga olish bo’yicha o’quv-seminari tashkil qilindi
Kasaba uyushmasining o'quv seminari