10 ta asalari qutisidan 100-120 kg asal olsa bo'ladimi? Daromadi qancha?

22-05-2023 | 17:11

573

Tadbirkorlikdan asosiy maqsad daromad topish va farovon hayot kechirishdir. Bugun xalqimiz bu borada o'z ishiga, biznesiga egami? Bu borada Beruniy tumanida davlat tomonidan berilayotgan imtiyozlardan unumli foydalanib, oilasiga daromad kiritayotgan fuqarolar ko'pchilikni tashkil etadi. Asosiysi bekorchilikdan, boqimandalikdan yiroq tadbirkorlar pulga pul topdirmoqda va atrofdagilarga o'rnak bo'lmoqda. Beruniy tumani Obi hayot mahalla fuqarolar yig'inining jami aholi soni 4918 nafarni tashkil etadi. 30 nafardan ortiq tadbirkorlik sub'ektlari o'z faoliyatini olib bormoqda. Yil boshidan oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish bo'yicha ajratilgan imtiyozli kreditlar asosida 35 nafar fuqarolarga 850 mln so'm  imtiyozli kreditlar ajratildi. Natijada aholi bandligi ta'minlanib, qo'shimcha ish o'rinlari yaratildi. 28 mln so'm mablag' evaziga asalarichilikni boshlagan Mirzo Qutlimuratov asalari boqishning foydasi, ichki bozorda xaridorgir bo'lishi va bir mavsumda 10 ta asalari qutisidan 100-120 kg asal olsa bo'ladi deya aytib o'tdi. Ichki bozorda asalning bahosi 60 ming so'mni tashkil etadi. Endi hisob-kitob o'zingizga havola...

 Beruniyda ishlab chiqarilgan yorlig'i ostida “Alibek-Mexrob 110” MCHJ sut va sut mahsulotlarini ishlab chiqarishni yo'lga qo'ygan. Hozirda non va non mahsulotlarini ishlab chiqarishni boshlagan, yangi ish o'rinlari yaratilgan. Tomorqadan samarali foydalangan holda 1 sotix joyga issiqxona qurgan tomorqa egasi erta bahordan poliz ekinlarning barcha turini ekib, bugun parvarishiga alohida e'tibor bergan. Issiqxonaning foydasi to'g'risida so'rar ekanmiz 1 sotix yerga ekilgan sarimsoqpiyoz ham e'tiborimizni tortdi. Bir necha yillardan buyon yetishtiramiz, sarimsoqpiyozning foydasi yaxshi bozorda 25-30 mingdan sotamiz deb tomorqasidan olayotgan daromaddan ko'ngli to'qligini bildirdi. Mahalla hokim yordamchisi Ma'mur Zaripovning  hududda kambag'allikni qisqartirish, aholi bandligini ta'minlash borasida olib borayotgan ishlar ko'lami bugun fuqarolarning yaxshi yashashiga, daromadli bo'lishiga asos bo'lmoqda.